
Tramp bojlar bo‘yicha tanqidchilarni ahmoq deb atadi
AQSH prezidenti Donald Tramp import bojlari bo‘yicha bayonot berdi va urush sifatida baholanayotgan sud jarayoni ortidan aholiga 2000 dollar va’da qildi, bu siyosiy bosim manzarasida aytildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp tashqi savdo bojlarini tanqid qiluvchilarni «tentak» deb atadi va import tariflari mamlakatga «trillionlab dollar foyda keltirganini» iddao qildi. Uning aytishicha, hukumat ushbu daromaddan har bir amerikalikka 2000 dollar miqdorida to‘lov amalga oshirishi mumkin. Biroq Tramp bu tashabbus boylikka ega yuqori daromadli qatlamga taalluqli emasligini alohida ta’kidladi.
Bu bayonot mamlakat Oliy sudida tariflarning qonuniyligi muhokama qilinayotgan bir paytda yangradi. Sudyalar prezidentning Kongress vakolatlarini cheklovsiz o‘zlashtirgani ehtimoli yuzasidan jiddiy savollar bergani ma’lum qilindi. AQSH qonunchiligiga ko‘ra, tashqi savdo tariflari va bojlar tartibi asosan Kongress vakolatiga kiradi. Shu bois, sud qarorining mamlakat iqtisodiy siyosatga ta’siri katta bo‘lishi kutilmoqda.
Oliy sudda o‘tgan dastlabki eshituvlarda ayrim sudyalar Trampning favqulodda holatga tayanishini asossiz deb baholadi. Shunga qaramay, unga yaqin muxlislar va MAGA harakati tarafdorlari tariflarni mamlakat iqtisodiy mustaqilligi uchun muhim, deb hisoblamoqda. Biroq jamoatchilik kayfiyati umumiy tarzda ikkiga bo‘lingan, ayniqsa inflatsiya yuqori bo‘lgan bir vaziyatda.
Iqtisodchi Botir Qobilovning ta’kidlashicha, hukumatning 2000 dollarlik to‘lov haqidagi bayonoti sud qaroridan oldingi «signal» sifatida ko‘rilishi mumkin. Uning fikricha, avvalo xalqdan boj yig‘ish, keyin uning bir qismini qayta tarqatish — bu iqtisodiy manipulyatsiya hisoblanadi.
Qobilovga ko‘ra, bunday siyosiy xarakatlar inflyatsiyani yanada kuchaytirishi va bozorda yangi beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin.





