
Tramp Buyuk Britaniyani metall bojlaridan vaqtincha ozod qildi
04.06.2025 | 14:408704
Buyuk Britaniya Prezidenti Donald Trampning metall importi bojlarini ikki barobar oshirish to‘g‘risidagi farmonidan vaqtincha ozod etildi.

Tramp tomonidan imzolangan yangi farmonga ko‘ra, Amerika bozoriga boshqa davlatlardan kelayotgan po‘lat va alyuminiyga bojxona boji 25 foizdan 50 foizga oshirildi. Biroq Buyuk Britaniya uchun bu qo‘shimcha tarif hozircha qo‘llanilmaydi. Bu qarori Britaniya va AQSH o‘rtasida may oyida imzolangan iqtisodiy hamkorlik bitimiga bog‘liq.
Shu bilan birga, bu kelishuv hali kuchga kirmagan. Demak, Britaniya eksportichi kompaniyalari hozircha 25 foizlik bojni to‘lashda davom etadi, bitim buzilsa, ular uchun ham 50 foizlik yuqori bojlar kuchga kirishi mumkin.
Londondagi rasmiylar AQSH bilan kelishuvni tez fursatda amalga oshirish niyatida ekanini bildirmoqda. «Britaniya biznesi va ish o‘rinlarini himoya qilishga sodiqmiz», — deyiladi hukumat bayonotida.
Prezident Trampning farmonida Britaniya «boshqacha munosabat» talab etadigan sherik sifatida ta’riflangan. Unga ko‘ra, agar London 9 iyulga qadar kelishuv shartlariga rioya qilmasa, AQSH Britaniyaga ham qo‘shimcha bojlarni joriy etishi mumkin.
Buyuk Britaniya po‘lat eksportning taxminan 7 foizi AQSHga yo‘naltiriladi. Shu sababli, tariflar ushbu sohada katta ta’sir qiladi. «UK Steel» bosh direktori Garet Steysning ta’kidlashicha, bojdan vaqtincha ozod etish ijobiy, ammo ishonchsizlik saqlanib qolmoqda. AQSHdagi mijozlar endi Britaniya mahsulotlariga buyurtma berishga halovatsiz qarashi mumkin.
Birmingemdagi Brandauer kompaniyasi rahbari Rouen Krouzer esa mazkur muvaqqat ozodlik global raqobatchilarga nisbatan yengillik yaratayotganini aytdi. Biroq, uning fikricha, Tramp ma’muriyatining noto‘g‘ri signallari mijozlarni rejalarini o‘zgartirishga majbur qilmoqda.
Britaniyadagi muxolifat – Leyboristlar partiyasi esa hukumatni muvaffaqiyatsiz muzokaralarda ayblamoqda. «Leyboristlar kelisha olmagani sabab biznesimiz havoda qolmoqda», — dedi ularning soya vaziri Endryu Griffit.





