add

Tramp Charli Kirk o‘limi uchun javobgarlarni topishga va’da berdi

11.09.2025 | 08:4031683

Donald Trampning safdoshi, omma oldida chiqish qilayotgan ultrao‘ng Charli Kirk otib o‘ldirildi. Uning o‘limi yuzasidan Bayden ham bayonot berdi.

Tramp Charli Kirk o‘limi uchun javobgarlarni topishga va’da berdi
AQSH prezidenti Donald Tramp huquqbon va siyosiy faol Charli Kirkning o‘ldirilishi ortidan barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishini va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z ma’muriyati bilan birgalikda bu zo‘ravonlikka aloqador har qanday shaxs topilib, jazoga tortiladi. «Ma’muriyatim ushbu va boshqa siyosiy sababli zo‘ravonlik harakatlarida qatnashgan har bir shaxsni topadi va javobgarlikka tortadi », — dedi Tramp Truth Social platformasidagi video murojaatida. Charli Kirkga Yuta vodiysi universitetidagi debat paytida o‘q uzilgan. Internetda tarqalgan videolarda, o‘q uning bo‘yniga tekkani ko‘rinadi. U shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazilgan. Keyinchalik uning vafoti haqida Trampning o‘zi ma’lum qilgan. Prezident shuningdek, mamlakat bo‘ylab Amerika bayroqlarini pastga tushirishni buyurdi. Qatl Amerika siyosiy doiralarida qattiq qayg‘u va g‘azab uyg‘otdi. Xususan, sobiq prezidentlar Jo Bayden va Barak Obama, shuningdek, sobiq prezidentlikka nomzod Kamala Harris ham o‘z fikrlarini bildirdi. Jo Bayden qotillikni qoralar ekan, bu kabi zo‘ravonliklarga AQSHda o‘rin yo‘qligini ta’kidladi. «Bu darhol to‘xtashi kerak», — dedi u. Barak Obama esa Kirkning oilasiga ta’ziya bildirib, bu jinoyatni demokratiyaga zid harakat deb atadi. Kamala Harris ham o‘z chiqishida, «siyosiy zo‘ravonlik hech qachon qabul qilib bo‘lmaydigan holat» ekanini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid