add

Tramp Eronni ogohlantirdi: namoyishchilarga o‘q uzilsa, kuchli javob zarbasi beriladi

Kecha 08:282 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronda namoyishchilar o‘ldirilsa, Vashington juda kuchli harbiy zarba berishga tayyorligini ochiq bayonot bilan bildirdi.

Tramp Eronni ogohlantirdi: namoyishchilarga o‘q uzilsa, kuchli javob zarbasi beriladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Irondagi namoyishlar davomida fuqarolar o‘ldirilsa, Qo‘shma Shtatlar «juda kuchli zarba» javob berishga tayyor ekanini ma’lum qildi. U bu haqda Truth Social tarmog‘idagi bayonotida yozdi.

Trampning ta’kidlashicha, hozirgacha ayrim qurbonlar ommani nazorat qilishdagi muammolar ortidan yuzaga kelgan bosimlar sabab halok bo‘lgan. Shu bilan birga, u kimnidir aniq aybdor deb ko‘rsatish qiyin ekanini qayd etdi, biroq vaziyat AQSH tomonidan juda yaqindan kuzatilayotganini bildirdi.

AQSH rahbari Erondagi norozilik namoyishlari haqida radiojurnalist Hyu Hyuittga bergan intervyusida ham keskin ogohlantirish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron hukumati namoyishchilarni o‘ldirishga o‘tsa, Vashington ularga «hozirgacha berilgan zarbalardan ham kuchliroq» javob qaytaradi.

Tramp Erondagi hozirgi vaziyatni og‘ir deb baholadi. U mamlakatda yoqilg‘i, suv va asosiy resurslar yetishmayotganini, davlat mablag‘lari esa yillar davomida terrorizm va samarasiz yo‘nalishlarga sarflanganini aytdi. Shu bilan birga, u eron xalqini «buyuk xalq» deb atab, ular erkin yashashga haqli ekanini ta’kidladi.

AQSH prezidenti Eron xalqiga erkinlikka erishishda yordam berilish-berilmasligi haqidagi savolga aniq javob bermadi, ammo vaziyat rivojini kuzatishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Eron rahbariyati tarixda hech qachon bo‘lmagan darajada jiddiy muammolarga duch kelgan.

Ma’lumot o‘rnida: Erondagi namoyishlar 28-dekabrdan beri davom etmoqda. Ilk chiqishlar Tehrondagi markaziy bozorda boshlangan bo‘lib, ularga milliy valuta qadrsizlanishi va narxlarning keskin oshishi sabab bo‘lgan.

Keyinchalik norozilik aksiyalari mamlakatning qator hududlariga yoyildi. Jumladan, mamlakatning ikkinchi katta shahri Mashhadda namoyishchilar Eron milliy bayrog‘ini tushirib, parchalagani aks etgan tasvirlar tarqaldi.

Teglar

Mavzuga oid