add

Tramp Eronni yadro kelishuviga chaqirdi va og‘ir oqibatlardan ogohlantirdi

13.06.2025 | 19:2226303

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga murojaat qilib, yadro dasturi bo‘yicha kelishuv imzolashga chaqirdi va bunga amal qilinmasa, keskin harbiy javob qaytarilishini bayon etdi.

Tramp Eronni yadro kelishuviga chaqirdi va og‘ir oqibatlardan ogohlantirdi
Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida Eronga bir necha bor kelishuvga erishish imkoniyatini berganini, ammo Tehron haligacha bundan foydalana olmaganini qayd etdi. U o‘z so‘zlarida Eronni «har qanday kutilgandan ham yomonroq oqibatlar» kutayotganini ta’kidladi. Trampning ta’kidlashicha, AQSH dunyodagi eng zamonaviy va halokatli harbiy texnikaga ega bo‘lib, Isroilda ham shunday qurollar bor va ular bu qurollardan foydalanishni juda yaxshi biladi. U Eron rahbariyatini vaqtni boy bermasdan, yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga kelishga chaqirdi. «Ba’zi eronlik radikallar jasorat bilan gapirishgandi, lekin ular nima bo‘lishini bilmasdi. Endi ularning barchasi yo‘q qilindi. Bu hali boshlanishi. Keyingilari yanada shafqatsiz bo‘ladi», — deb yozdi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon katta yo‘qotishlar va vayronagarchiliklar yuz bergan. Ammo hozircha mojaroni to‘xtatish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Prezidentning bu bayonoti Eron bilan ehtimoliy harbiy keskinlik kuchayishiga ishora sifatida qabul qilinmoqda. The Times of Israel nashriga ko‘ra, Tramp Isroilning Eronga aviahujumlarini «nihoyatda ajoyib» deb atadi va Tehronni kech bo‘lmasidan kelishuv tuzishga chaqirib, aks holda yanada keskin javob qaytarilishini yana bir bor ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid