add

Tramp FZT rahbarlaridan birini ishdan bo‘shatdi — AQSHda bahslar kuchaymoqda

29.08.2025 | 15:5028014

AQSH prezident Donald Tramp Liza Kukni Federal zaxira tizimi Boshqaruv kengashidan bo‘shatganini ma’lum qildi. Kuk va mutaxassislar bu qarorni noqonuniy deb hisoblaydi.

Tramp FZT rahbarlaridan birini ishdan bo‘shatdi — AQSHda bahslar kuchaymoqda
AQSH prezidenti Donald Tramp 25 avgust kuni Federal rezerv tizimi (FZT) Boshqaruv kengashi a’zosi Liza Kukni ishdan bo‘shatgani haqida bayonot berdi. U o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida tegishli xat skanerini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, Kuk ipoteka kreditlari bo‘yicha «qabih niyatda yolg‘on ma’lumot bergan» bo‘lishi mumkin. CNN ta’kidlashicha, FRS tarixi davomida bunday holat so‘nggi 111 yilda ilk bor ro‘y berdi. Liza Kuk esa o‘z bayonotida Trampning bunday qaror qabul qilishga vakolati yo‘qligini bildirdi. «Men iste’foga chiqmayman, ishimni davom ettiraman», — dedi u. Qonunga ko‘ra, FZT rahbarlarini ishdan olish faqat «uzrli sabab» bilan amalga oshirilishi mumkin. Ammo ushbu holda aynan qanday sabab keltirilgani rasman aniq emas. Kukka nisbatan hozircha hech qanday rasmiy ayblov qo‘yilmagan. Bundan avval, 15 avgust kuni Federal uy-joy moliyalash agentligi rahbari Bill Pulte Kukka qarshi tergov o‘tkazishni so‘rab Bosh prokurorga murojaat qilgan. Unga ko‘ra, Kuk ikkita doimiy yashash manzili haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar ushbu voqea sudgacha borishi va hatto AQSH Oliy sudida ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytmoqda. Bu esa moliya bozorlarida beqarorlikka olib kelishi mumkin. Tramp bir necha bor FZT ustidan bosim o‘tkazgan. Jumladan, u FZT raisi Jerom Pauellni ishdan olish bilan tahdid qilgan. Trampning fikricha, inflyatsiya deyarli yo‘q va stavkalarni darhol pasaytirish kerak. Moliyaviy ekspertlar esa bu bosim FZT mustaqilligiga tahdid solishi va iqtisodiy barqarorlikni xavf ostiga qo‘yishini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid