add

Tramp iPhone ishlab chiqarishni AQSHga qaytarmasa, Apple’ga 25 foizlik boj bilan tahdid qilmoqda

23.05.2025 | 18:2020763

AQSH prezidenti Donald Tramp Apple kompaniyasiga yana bir bosim o‘tkazib, iPhone smartfonlari AQSHda ishlab chiqarilmasa, 25 foizlik boj joriy etilishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mahsulot Hindiston yoki boshqa davlatlarda emas, faqat AQSHda ishlab chiqarilishi kerak.

Tramp iPhone ishlab chiqarishni AQSHga qaytarmasa, Apple’ga 25 foizlik boj bilan tahdid qilmoqda
Donald Tramp Apple kompaniyasini AQSHda ishlab chiqarishga majburlash harakatlarini kuchaytirmoqda. Truth Socialdagi sahifasida u Apple rahbari Tim Kukka murojaat qilgan holda shunday yozdi:
«Men Tim Kukka aniq aytganman: AQSHda sotiladigan iPhone aynan shu yerda ishlab chiqarilishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa, Apple 25 foizlik boj to‘lashga tayyor bo‘lsin».
Bu bayonot ortidan Apple uchun yangi xavflar paydo bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning asosiy yig‘ish sexlari Xitoy va Hindistonda joylashgan bo‘lib, oxirgi yillarda u ishlab chiqarishni Osiyoda diversifikatsiya qilishga intilayotgandi. Trampning bu bayonoti AQSH sanoatini qo‘llab-quvvatlash va tashqi ishlab chiqarishga bog‘liqlikni kamaytirish borasidagi siyosatining bir qismi sifatida baholanmoqda. Ammo bu tarzdagi tarif tahdidlari Apple’ni logistika, ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi raqobat nuqtai nazaridan murakkab qarorlar oldida qoldiradi. Apple hozircha rasmiy izoh bergani yo‘q. Trampning tashabbusi amalga oshsa, bu nafaqat Apple’ning, balki boshqa texnologik kompaniyalarning ham ishlab chiqarish strategiyasiga ta’sir qilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid