add

Tramp ma’muriyati 4 davlat fuqarolarini AQSHdan chiqarishni boshladi

13.06.2025 | 20:1616023

AQSH Homiylik dasturi orqali kelgan yarim milliondan ziyod migrantning huquqi bekor qilindi. Tramp ma’muriyati ularni mamlakatdan chiqarish bo‘yicha tezkor choralarni boshladi.

Tramp ma’muriyati 4 davlat fuqarolarini AQSHdan chiqarishni boshladi
AQSH Ichki xavfsizlik departamenti 12 iyun kuni Kuba, Haiti, Nikaragua va Venesuela fuqarolariga yuborilgan rasmiy bildiruvda, ularning yashash va ishlash uchun berilgan ruxsatlari tugatilgani va mamlakatni tark etishlari talab qilinishi yozildi. Agar yurtni ixtiyoriy tark etmasalar, ular kuch bilan hibsga olinib, deportatsiya qilinishi mumkin. Mazkur fuqarolar Jo Bayden ma’muriyati 2023 yili joriy etgan «shartli ozod qilish» dasturi orqali AQSHga kirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu dastur fuqarolarni qonuniy yo‘l bilan qabul qilish hamda xavfsizlik tekshiruvidan o‘tgan, AQSHdagi homiylarga tayangan holda viza berishni nazarda tutgan. Biroq Tramp prezidentlikka qaytgach, ushbu dasturni birinchi ish kuniyoq tugatish haqidagi farmonni imzoladi. Bu qaror qator sud ishlariga sabab bo‘lib, Oliy sudgacha yetib bordi. Sud hali yakuniy qaror chiqarmadi, biroq Tramp ma’muriyatiga dasturni bekor qilish va 530 ming atrofidagi migrantni tezkor deportatsiya qilishga ruxsat berdi. Hozirda ushbu fuqarolarga ishlash ruxsatnomalarini topshirish va AQSHni tark etish topshirildi. Tramp ma’muriyati bu qarorni “Amerika birinchi” siyosati va xavfsizlikka qaytish sifatida baholamoqda.

Teglar

Mavzuga oid