
Tramp Medvedevning tahdidlaridan keyin «tegishli hududlar»ga ikkita atom suvosti kemasini joylashtirishni buyurdi
02.08.2025 | 10:3046512
Donald Tramp Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning yaqinda aytgan so‘zlaridan keyin ikkita atom suv osti kemasini safarbar qilishga buyruq berganini aytdi. Davlat rahbari ularning qayerda ekaniga aniqlik kiritmagan, biroq suv osti kemalari «tegishli hududlar»da ekanini ma’lum qildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonidan kelgan tahdidlar fonida mamlakat mudofaa pozitsiyalarini kuchaytirish choralarini ko‘ra boshladi. Uning ma’lum qilishicha, Dmitriy Medvedevning so‘zlari «nihoyatda provokatsion» tusda bo‘lgani uchun AQSH ikki atom suvosti kemacini «tegishli hududlar»ga joylashtirgan.
«So‘zlar katta ahamiyatga ega va ko‘pincha kutilmagan oqibatlarga olib keladi. Umid qilamanki, bu safar unday bo‘lmaydi», - deb yozdi Tramp Truth Social platformasidagi sahifasida.
Ushbu harakatlar Medvedevning Tramp talab qilgan «10–12 kun ichida tinchlik shartnomasi tuzish» chaqiruviga javoban Rossiya tomonidagi keskin bayonotlar ortidan yuz berdi. Medvedev Trampni «Rossiya bilan ultimatum o‘ynamaslik» haqida ogohlantirgan va buni urushgacha olib boruvchi tahdid deb atagan. Shundan so‘ng, Tramp Medvedevni «omadsiz sobiq rahbar» deb atab, so‘zlarini o‘ylab gapirishga chaqirgan. Javob tariqasida Medvedev «O‘lik qo‘l» tizimi – Rossiyaning avtomatlashtirilgan yadroviy to‘xtatuvchi tizimi mavjudligini eslatgan.





