add

Tramp musulmon mamlakatlaridan nima xohlayapti?

22.09.2025 | 20:409243

AQSH prezidenti ertaga BMT doirasida Yaqin Sharqning oltita davlati rahbarlarini to‘playdi - kun tartibining markazida G‘azo masalasi turadi.

Tramp musulmon mamlakatlaridan nima xohlayapti?
AQSH prezidenti Donald Tramp ertaga, 23 sentyabr kuni Nyu-Yorkda Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Misr va Iordaniya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Axios manbalarining ma’lum qilishicha, sammit BMT Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tadi va G‘azodagi urushni to‘xtatish hamda Isroil-Falastin mojarosining kelajagiga bag‘ishlanadi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy arab va musulmon davlatlarini urushdan keyin G‘azoni tiklash rejasiga jalb qilmoqchi va hatto Isroil qo‘shinlari o‘rnini bosish uchun eksklavga ularning harbiy kontingentini joylashtirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Avvalroq mintaqa davlatlari, xususan, BAA o‘z harbiylarini G‘azoga yuborish niyatida emasligini ta’kidlagan edi. Biroq, Abu-Dabi Isroilning Falastin hududlarini bosib olishida ishtirok etmasligini bildirgan va G‘azoni Falastin ma’muriyati boshqarishi kerakligini ma’lum qilgan. Axios’ning aniqlik kiritishicha, sammit davomida Yaqin Sharq yetakchilari, o‘z navbatida, Trampdan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga jangovar harakatlarni to‘xtatish va bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Falastin hududlarini anneksiya qilishdan bosh tortish uchun bosim o‘tkazishni so‘ramoqchi.

Teglar

Mavzuga oid