add

Tramp NATOni yo‘q qilishi mumkin

24.06.2025 | 22:4044074

Transatlantik ittifoqchilik g‘oyasi bugun eng jiddiy sinovlar qarshisida turibdi. Siyosiy o‘zgarishlar, yangi qarashlar va xavfli tendensiyalar...

Tramp NATOni yo‘q qilishi mumkin
Shimoliy Atlantika ittifoqi Donald Trampning AQSH prezidenti lavozimiga qayta saylanishi va uning ma’muriyatining Yevropaga qarshi bayonotlari tufayli o‘zining 75 yillik tarixidagi eng xavfli inqirozni boshdan kechirmoqda va tarqalib ketish arafasida turibdi. Bu haqda Bloomberg agentligi NATO ichidagi inqirozga bag‘ishlangan tahliliy maqolasida ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, prezident Tramp AQSHning NATOga nisbatan uzoq davom etgan shubhalarini yangi darajaga ko‘tardi. Ittifoqdagi tashvish AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning Myunxendagi keskin nutqidan so‘ng kuchaydi, bu esa yevropalik ittifoqchilar bilan munosabatlarning sovuqlashuviga sabab bo‘ldi. Bloomberg qayd etishicha, NATO tarixda Suvaysh kanali inqirozi, Iroq urushi va Fransiyaning harbiy qo‘mondonlikda ishtirok etishdan bosh tortishi kabi bo‘linishlarga duch kelgan bo‘lsa-da, hozirgi vaziyatda alyans parchalanishiga juda yaqin. Ayni paytda NATO to‘rtta inqirozga bir vaqtning o‘zida duch kelmoqda: Ukrainadagi urush tufayli xavfsizlik inqirozi, Yevropa armiyalarining zaiflashuvi tufayli tayyorgarlik inqirozi, AQSHning Osiyoga e’tibor qaratishi tufayli strategik ustuvorliklar inqirozi va Trampning harakatlari bilan yanada kuchaygan ishonch inqirozi. Ekspertlarning fikricha, Tramp rasman ittifoqdan chiqmasa-da, ishonchni susaytirish, AQSHning Yevropadagi ishtirokini qisqartirish va strategik aloqadorlikka putur yetkazish orqali alyansni barbod qilishi mumkin. Bu esa Yevropaning zaiflashishi va avtoritar kuchlarning kuchayishiga olib keladi. Shunga qaramay, ijobiy ssenariy ham mavjud: transatlantik ittifoqni yangi shartlar asosida qayta shakllantirish. Bunda Yevropa mudofaa xarajatlarini oshiradi, AQSH yadroviy qalqonni saqlab qoladi, alyansning o‘zi esa XXI asrdagi vazifalarini qayta ko‘rib chiqadi. Bloomberg xulosa qilib, yaqin yillardagi asosiy masala Trampning NATO dunyo va AQSH uchun muhimligini tan olishga rozi bo‘lish-bo‘lmasligida ekanligini ta’kidlaydi.

Teglar

Mavzuga oid