add

Tramp Pentagonga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi

05.09.2025 | 20:204423

AQSH prezidenti Donald Tramp Mudofaa vazirligi nomini «Urush vazirligi» (Department of War) deb o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Oq uy buning sababini ochiqladi.

Tramp Pentagonga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi
Tramp Pentagon nomini «Urush vazirligi» deb o‘zgartirmochi. Oq uy bu orqali dushmanlarga «Amerika milliy manfaatlarini himoya qilish uchun urush olib borishga tayyor» ekanini anglatishni maqsad qilmoqda. Bu haqda Washington Post xabar berdi. Tramp avgust oyidagi jurnalistlar bilan suhbatda bu masalaga to‘xtalib, «Biz jahon urushlarida g‘alaba qozongan paytlarda bu idora Urush vazirligi deb atalgan. Fikrimcha, aslida shunday bo‘lishi lozim. Mudofaa so‘zi ortiqcha himoyaviy tuyuladi. Albatta, biz himoyada bo‘lishni istaymiz, ammo zarurat tug‘ilsa, hujumkor ham bo‘lishimiz kerak.», degan edi. Biroq WP ta’kidlashicha, prezidentning vazirlik nomini mustaqil ravishda o‘zgartirish vakolati bor-yo‘qligi noaniq. Kongress 1789 yilda tashkil etgan idoraning nomi rasmiy ravishda 1947 yilda o‘zgartirilgan va shundan beri «Mudofaa vazirligi» sifatida yuritilib kelinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi farmon orqali «Urush vazirligi» iborasi dastlab «ikkinchi nom» sifatida ishlatilishi mumkin. Shuningdek, nom o‘zgarishi katta mablag‘ talab qilishi ham kutilmoqda. Chunki vazirlik ramzlari va nomlari yuzlab davlat binolari hamda xalqaro ob’ektlarda qo‘llanilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp Pentagonga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi | Vaqt.uz