add

Tramp Pokiston va Afg‘oniston mojarosini hal etishini bildirdi

13.10.2025 | 13:0018682

AQSH prezidenti Donald Tramp Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara mojarosini yakunlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu «u to‘xtatgan to‘qqizinchi urush» bo‘lishi mumkin.

Tramp Pokiston va Afg‘oniston mojarosini hal etishini bildirdi
Tramp Vashingtondan Yaqin Sharqqa, garovga olinganlarni ozod etish bo‘yicha muzokaralar uchun jo‘nab ketishidan oldin jurnalistlar savollariga javob berdi. «Eshitdimki, hozir Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida urush ketmoqda. Avvalo bu missiyadan qaytay, chunki men urushlarni to‘xtatishda yaxshi tajribaga egaman. Bu men to‘xtatadigan to‘qqizinchi urush bo‘ladi», — dedi u. Tramp bu tashabbusni Isroildagi muzokaralar yakunlangach amalga oshirishni rejalashtirayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH bu borda ikki davlat rahbarlari bilan muloqot o‘rnatib, chegara xavfsizligini ta’minlash va harbiy to‘qnashuvlarni oldini olish uchun diplomatik vositalarni ishga solishi mumkin. Pokiston va Afg‘oniston chegarasida 11–12 oktyabr kechasi sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvdan keyin ikki davlat munosabatlarida tanglik kuzatilmoqda. Islamobod buni «Tolibon va ular bilan bog‘liq guruhlarning asossiz tajovuzi» deb atagan, Kobul esa ayblovlarni rad etgan edi.

Teglar

Mavzuga oid