
Tramp Putin va Si Jinpingga bombardimon bilan tahdid qilgani ochiqlandi
09.07.2025 | 11:2037263
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yildagi yopiq tadbirlarda Rossiya va Xitoy rahbarlariga Moskva hamda Pekinni bombardimon qilish bilan tahdid qilganini aytgan. Uning gaplari audioyazuv orqali fosh qilindi.

CNN axborot agentligi xabariga ko‘ra, Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirishdan qaytarish maqsadida unga Moskvaga bomba yog‘diraman, deb tahdid qilgan. Bu haqda Trampning 2024 yilda Nyu York va Floridada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytgan so‘zlari yozib olingan audioyazuvlarda aks etgan.
«Agar Ukrainani bosib olsangiz, men Moskvaga bomba yog‘diraman. Menda boshqa chora yo‘q», — degan Tramp Putinga qarata. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bu tahdidga «10 foiz darajasi» ishonganini aytgan.
Shuningdek, Tramp Xitoy rahbari Si Jinpinga ham shunday ogohlik bergan. Agar Xitoy Tayvanga hujum qilsa, AQSH Pekinni bombardimon qilishi mumkinligini aytgan. «U meni aqldan ozgan deb o‘yladi. Chunki oramizda hech qanday muammo yo‘q edi»— degan u Si haqida.
Trampning bu tahdidlarining audiosi u prezidentlikka ikkinchi marotaba o‘z nomzodini qo‘yganda tarqalib ketgan. Xususan, bu gaplar Nyu York va Floridadagi 2024-yilgi mablag‘ yig‘ish tadbirlarida yozib olingandi. Keyinchalik bu audio materiallar Josh Dousi, Tayler Peyjer va Isaak Arnsdorf tomonidan qo‘lga kiritilib, ular o‘zlarining “2024” nomli kitobida ba’zi ma’lumotlarni taqdim etgan. Audiofayllar dastlab efirga uzatilmagan. Tramp ma’muriyati esa audiotasmalarga izoh berishdan bosh tortgan.





