add

Tramp Putindan ko‘ngli qolganini aytib, tahdidini yangiladi

03.09.2025 | 09:0049493

AQSH prezidenti Donald Tramp Putinga bo‘lgan umidlari so‘nganini aytdi va Moskva ultimatumga amal qilmasa, jiddiy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Tramp Putindan ko‘ngli qolganini aytib, tahdidini yangiladi
AQSH prezidenti Donald Tramp navbatdagi ultimatum muddati yakunlanishidan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putindan umidlari so‘nganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya urushni to‘xtatishni xohlamayotgani sababli, minglab odamlar hayotdan ko‘z yummoqda. «Bu bema’ni urush. Amerikaliklar emas, ruslar va ukrainaliklar o‘lyapti», — dedi Tramp Salem Radioga bergan intervyusida. AQSH prezidenti har hafta frontda taxminan 7 ming kishi halok bo‘layotganini ta’kidladi va vaziyatga ta’sir ko‘rsatish uchun «biror ish qilish» niyati borligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu faqat Ukraina emas, balki butun dunyoda odamlarning qanday yashashi haqidagi masaladir. Tramp avvalroq, 22 avgustda ikki hafta ichida urush barham topmasa, «juda muhim qaror» qabul qilishini aytgandi. Ushbu muddat 5 sentyabrda yakunlanadi. Prezident ehtimoliy choralar sifatida «ulkan sanksiyalar, ulkan tariflar yoki har ikkisini» sanab o‘tdi. Bu Trampning Moskvaga qo‘ygan birinchi shartlari emas. 14 iyulda u 50 kunlik, 29 iyulda esa 10 kunlik ultimatum belgilagan va Rossiya hamkorlariga nisbatan 100 foizli bojlar qo‘llash bilan tahdid qilgan edi. Ammo keyin diplomatik imkoniyatlarni saqlash uchun sanksiyalar ortga surilgan. Bu orada, 28 avgust kuni Rossiya Kiyevdagi fuqarolik ob’ektlariga kuchli raketali va dronlar hujumi uyushtirdi. Bir uyga urilgan raketa oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi, jumladan 4 nafar bola. 60 nafardan ortiq odam tan jarohati oldi.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp Putindan ko‘ngli qolganini aytib, tahdidini yangiladi | Vaqt.uz