add

Tramp Qozog‘istonga bormoqchiligini aytdi, uni O‘zbekiston ham taklif qilgan

08.09.2025 | 11:0047594

«Ha, borishim mumkin», - deya javob berdi AQSH prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurishi haqidagi savolga.

Tramp Qozog‘istonga bormoqchiligini aytdi, uni O‘zbekiston ham taklif qilgan
Amerika rahbari Donald Tramp Qozog‘istonga tashrif buyurish imkoniyatini ma’qulladi va ushbu mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan «ajoyib suhbat», - o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu haqda Tramp Oq uyning Janubiy maydonida jurnalistlarning savollariga javob berish chog‘ida ma’lum qildi.
«Ha, borishim mumkin», - deya javob berdi AQSH prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurishi haqidagi savolga. «Men u bilan ajoyib suhbat o‘tkazdim», - deya qo‘shimcha qildi Tramp To‘qayev haqida gapirar ekan. «Unga salom ayting. U yaxshi inson», - deya ta’kidladi Amerika rahbari.
Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari — Milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin shu oyning boshida AQSH bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish respublika tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini aytgan edi. «Ostona savdo aylanmasini oshirish imkoniyatlarini ko‘rmoqda», - dedi u AQSH Savdo palatasi vitse-prezidenti Xush Choksi va Amerika kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvda. Unda savdo to‘siqlari ham muhokama etildi. 1 avgust kuni Tramp 60 dan ortiq mamlakat va Yevropa Ittifoqiga nisbatan 15 foizdan 41 foizgacha boj soliqlarini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qozog‘iston uchun boj stavkasi 25 foiz miqdorida belgilandi. Bunga qadar Tramp To‘qayevga bunday qarorni asoslab xat yo‘llagan edi. To‘qayev, uning matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, javob xatida kelishuvga erishish mumkinligiga ishonch bildirgan. Qozog‘iston Savdo vazirligi Vashingtonga vaziyatni hal etish bo‘yicha takliflar taqdim etganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, boj soliqlari respublikadan AQSHga eksportning taxminan 5 foiziga ta’sir ko‘rsatadi. Avvlaroq, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgandi va AQSH yetakchisini O‘zbekistonga taklif qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp Qozog‘istonga bormoqchiligini aytdi, uni O‘zbekiston ham taklif qilgan | Vaqt.uz