
Tramp Rossiyaga bosim bo‘yicha ikkinchi va uchinchi bosqichni e’lon qildi
04.09.2025 | 11:0028663
AQSH prezidenti Tramp Rossiyaga qarshi bosim bo‘yicha ikkinchi va uchinchi bosqichlarga hali o‘tmaganini, lekin bu yaqinlashib qolganini ma’lum qildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga nisbatan bosimning ikkinchi va uchinchi bosqichlariga hali o‘tmaganini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi. Tramp bu bayonotini uni tanqid qilgan reportyor so‘roviga javob tariqasida bildirdi.
«Siz buni harakatsizlik deb ataysiz, lekin men hali ikkinchi yoki uchinchi bosqichga o‘tmadim. Agar harakat bo‘lmayapti desangiz, o‘zingizga yangi ish toping», — dedi u qattiq ohangda.
Tramp Rossiyaga bosim namunasi sifatida Hindistonga joriy etilgan 50 foizlik boj to‘lovlarini keltirdi. Unga ko‘ra, bu bojlar Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmoqda va ularning qiymati «yuzlab milliard dollar»ga teng. AQSH rahbari ta’kidlaganicha, agar Vladimir Putinning Ukraina bo‘yicha qarori AQSHni qoniqtirmasa, «dunyo nima bo‘lishini ko‘radi».
2025 yil 27 avgustdan boshlab AQSH Hindistondan olinadigan tovarlarga 50 foizlik bojni amalga oshirdi. Bu qaror Nyu Dehlining Rossiya neft importini to‘xtatmagani sababli qabul qilingan. Bunga qaramay, Hindiston hukumati Nayara Energy kompaniyasiga (uning 49,13 foizi «Rosneft»ga tegishli) Eron yoki Rossiya sug‘urta shirkati orqali tanker ishlatishga ruxsat berdi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi sanksiyasiga tushgan kemalar yordamida ham Rossiya neft importini amalga oshirishga ijozat berilgan.





