add

Tramp Rossiyaga yana 50 kun muhlat berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp NATO rahbariyati bilan uchrashuvda Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalarni e’lon qilishga tayyor ekanini bildirdi. Agar 50 kun ichida Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, AQSH Rossiya va uning savdo hamkorlariga 100 foizlik boj joriy etishini ma’lum qildi.

Tramp Rossiyaga yana 50 kun muhlat berdi
AQSH prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda u Rossiyaning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasidan qattiq noroziligini bildirib, Kreml urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga 50 kun ichida erishmasa, jiddiy iqtisodiy jazo choralari qo‘llanishini ma’lum qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar muzokaralarda hech qanday ilgarilash bo‘lmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan «ikkilamchi bojlar» 100 foizgacha oshirilishi mumkin. Shuningdek, u Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasida AQSH va Yevropa Ittifoqi kelishuvga erishganini aytdi. Yangi tizimga ko‘ra, qurol xarajatlari Yevropaning zimmasiga tushadi. Tramp NATO va AQSHning alyansdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker Ukrainaga qurol yetkazib berishni muvofiqlashtirishini bildirdi. Trampning Truth Social tarmog‘ida yozishicha, AQSH dunyodagi hamkorlaridan uzoq yillar davomida savdo va harbiy xarajatlar sohasida zarar ko‘rgan. «Bu millionlab dollarlarga tushdi va endi bu davr tugadi», — deb ta’kidladi u. Bild nashri yozishicha, Tramp Bayden ma’muriyati va’da qilgan qurollarni Kiyevga yetkazishga tayyor, ammo moliyaviy yukni Yevropa zimmasiga o‘tkazmoqchi. Shu tariqa, u AQSHning Ukrainaga nisbatan siyosatini qayta shakllantirishga va Rossiyaga bosimni kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp Rossiyaga yana 50 kun muhlat berdi | Vaqt.uz