add

Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi

24.06.2025 | 23:205992

AQSH prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga erishishda ko‘rsatgan yordami uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatilgani Fox News telekanali tomonidan ma’lum qilindi. AQSH prezidenti ushbu yangilik skrinshotini Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi
Amerikalik siyosatchi, Kongress a’zosi Baddi Karter, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tinchlik bo‘yicha Nobel qo‘mitasiga murojaat qilib, Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroni tugatishda «muhim va tarixiy rol» o‘ynaganini ta’kidlagan. Uning fikricha, davlat rahbari Eronning «sayyoradagi eng halokatli qurol»ga ega bo‘lishining oldini olgan. Murojaatda Karter, shuningdek, Trampning prezidentlik muddati global inqiroz sharoitida «tinchlikka intilishi, urushlarning oldini olishi va xalqaro totuvlikni ilgari surishi» bilan ajralib turishini, bu esa Nobel mukofoti talablariga to‘liq mos kelishini yozgan.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi | Vaqt.uz