add

Tramp tirik va soppa sog‘: rasmiylar uning o‘limi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

30.08.2025 | 20:004683

AQSH prezidenti Donald Trampning salomatligi yomonlashgani va hatto vafot etgani haqidagi mish-mishlarga rasmiy izoh berildi: «Uning ahvoli yaxshi, bugun golf o‘ynaydi».

Tramp tirik va soppa sog‘: rasmiylar uning o‘limi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Trampning so‘nggi besh kun davomida omma oldida ko‘rinish bermagani va o‘rnini vitse prezident Jey Di Vens bosishi mumkinligi haqidagi mish-mishlardan so‘ng, AQSHning yuqori lavozimli amaldori uning salomatligi yaxshi ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Donald Trampni bugun ertalab golf o‘ynash uchun ketayotganida ko‘rgan. Bu haqda Axios nashri xabar berdi. «Trampning ishlari hammasi joyida. U yaxshi holatda», — degan manba. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Trampning qo‘llaridagi g‘alati qorayishlar, keyingi kunlarda omma oldida videolarda ko‘rinmay qolgani va vitse prezident Jey Di Vensning «prezidentlikka tayyorman» deya bayonoti fonida AQSH rahbarining sog‘ligi yoki hayotiga doir shubhalarga paydo bo‘la boshlagan edi. Qator foydalanuvchilar uning o‘limi yoki og‘ir kasalligi haqida taxminlar yuritgan, ba’zilar esa hukumat sog‘liq holatini yashirayotganini iddao qilgan. Mana shu shov-shuvlardan so‘ng, Oq uyga yaqin manbalar prezident haqida rasmiy ma’lumot berishga majbur bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid