add

Tramp va Putin Alyaskada uchrashadi

09.08.2025 | 11:0026353

AQSH va Rossiya rahbarlari uchrashuvi Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha tinchlik shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlanadi.

Tramp va Putin Alyaskada uchrashadi
AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social platformasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 2025 yil 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishi haqida e’lon qildi. Alyaska uchrashuv joyi sifatida tasodifiy tanlanmagan. AQSHning shimoliy shtati Rossiyaga eng yaqin hudud hisoblanadi va ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy aloqalarda o‘ziga xos o‘ringa ega. Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov aytishicha, Alyaskadagi uchrashuvdan so‘ng ikki davlat rahbarining navbatdagi muloqoti Moskvada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonda asosiy e’tibor xavfsizlik kafolatlari va mojaroni bosqichma-bosqich bartaraf etish mexanizmlariga qaratilgan. Tramp va Putinning Alyaskadagi uchrashuvi prezidentlikka qayta saylanganidan keyingi AQSH rahbarining Rossiya prezidenti bilan birinchi yuzma-yuz muloqoti bo‘ladi. Bu voqea xalqaro siyosiy maydonda katta qiziqish uyg‘otib, ko‘plab davlatlar va ekspertlar tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda. Chunki Vashington va Moskva munosabatlari so‘nggi yillarda o‘ta tarang bo‘lib, xavfsizlik, sanksiyalar va mintaqaviy inqirozlar masalalari hal etishni talab qiladi. Muzokaralar jarayonida faqat Ukraina masalasi emas, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi umumiy munosabatlar, sanksiyalar, strategik barqarorlik va global xavfsizlik masalalari ham ko‘tarilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid