add

Tramp Venesuela sohillariga 16 minglik harbiy guruh jo‘natdi

Bugun 08:582782

AQSH Venesuela qirg‘oqlariga 16 ming harbiydan iborat katta dengiz guruhini yo‘lladi. Ekspertlar bu harakatni Vashingtonning Karib mintaqasidagi operatsiyalarini kengaytirish belgisi sifatida baholamoqda.

Tramp Venesuela sohillariga 16 minglik harbiy guruh jo‘natdi

The Washington Post xabariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela sohillari tomon 16 minglik harbiy kontingentni jo‘natdi. Guruh tarkibiga sakkizta harbiy kemalar, atom suvosti kemasi, B-52 strategik bombardimonchi uchog‘i, zamonaviy F-35 qiruvchi uchoqlari va beshta hamroh kemasi bilan Gerald R. Ford aviatashuvchi kemasi kirgan.

Bu harakat AQSHning Karib dengizida harbiy mavjudligini sezilarli darajada kuchaytirdi. Nashrning ta’kidlashicha, bunday qadam Vashington va Karakas o‘rtasidagi munosabatlarni yanada taranglashtirishi va AQSHning Venesuelaga qarshi ehtimoliy harbiy zarbalar berish xavfini oshiradi.

AQSH hukumati 24 oktyabr kuni Gerald R. Ford aviatashuvchisi boshchiligidagi harbiy guruhni joylashtirishni rasman e’lon qilgan edi. Oq uy bu qarorni «mintaqadagi narkotrafikka qarshi operatsiyalarni kuchaytirish» bilan izohladi. Shu kuni Vashington Kolumbiya prezidenti Gustavo Petrovga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

The Wall Street Journal va The New York Post manbalariga ko‘ra, AQSH ma’muriyati Venesuela hududidagi harbiy ob’ektlarga zarba berish ssenariylarini tasdiqlagan. Pentagon yaqin kunlarda amaliy harakatlarga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Ammo Donald Tramp bu ma’lumotlarni rad etib, «bunday rejalar yo‘q»ligini aytdi.

Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiyadan harbiy yordam so‘ragani haqida xabar bergan edik. Uning xatida Moskvadan 14ta zenit raketa majmuasi, Su-30MK2 qiruvchi samolyotlarini ta’mirlash va qayta tiklash, sakkizta dvigatel va beshta radarni ta’mirlash, shuningdek logistik yordam ko‘rsatish iltimos qilingan.

Bundan tashqari, Maduro Xitoy va Eronga ham murojaat qilib, harbiy hamkorlikni kengaytirish, dronlar, GPS-jamlovchi qurilmalar va kuzatuv tizimlarini yetkazib berishni so‘ragan.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp Venesuela sohillariga 16 minglik harbiy guruh jo‘natdi | Vaqt.uz