add

Tramp Yevropaga tariflarni kechiktirib, muzokaralar uchun 9 iyulgacha vaqt berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi tovarlariga 50 foizlik boj joriy etish haqidagi qarorini vaqtincha to‘xtatib turdi. U bu orqali Vashington va YeI o‘rtasidagi muzokaralar uchun qo‘shimcha vaqt berishni maqsad qilganini ma’lum qildi.

Tramp Yevropaga tariflarni kechiktirib, muzokaralar uchun 9 iyulgacha vaqt berdi
Tramp avvalroq, 1 iyundan boshlab yuqori boj joriy etishni taklif qilgan, bu esa jahon moliya bozorlarida beqarorlikka sabab bo‘lgandi. Biroq, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen uning pozitsiyasini yumshatishga erishdi. U Tramp bilan telefon orqali muloqot qilib, muzokaralar uchun vaqt so‘ragan. Tramp jurnalistlarga bergan bayonotida: “Biz juda yaxshi suhbatlashdik, shuning uchun men belgilangan muddatni ko‘chirdim”, — dedi. Yangi muddat sifatida 9 iyul belgilandi. Ursula fon der Lyayen X (sobiq Twitter) platformasida Tramp bilan suhbati ijobiy o‘tganini va Yevropa Ittifoqi kelishuvga erishish uchun faol harakat qilishga tayyorligini bildirdi. Mazkur qarordan so‘ng yevro va AQSH dollari valyuta bozorida iyena va Shveysariya frankiga nisbatan mustahkamlandi. Bu vaqt savdo qarama-qarshiliklarini yumshatish uchun so‘nggi imkoniyat sifatida qaralmoqda.

Teglar

Mavzuga oid