
Transchegaraviy to‘lovlarda Octobank bilan yangi davr boshlanmoqda
30.05.2025 | 18:0041644
Octobank boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilev bozorning asosiy tendensiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkent shahrida 28-29 may kunlari bo‘lib o‘tgan Digital Uzbekistan 2025 V xalqaro PLUS forumi doirasida Octobank kompaniyasi transchegaraviy pul o‘tkazmalari va elektron tijorat sohasidagi so‘nggi tendensiyalar hamda rivojlanish istiqbollari haqida o‘z fikrlarini taqdim etdi.
Octobank boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilevning ta’kidlashicha, 2024 yilda O‘zbekistonga an’anaviy pul o‘tkazish tizimlari orqali yo‘llangan mablag‘lar hajmi 2023 yilga nisbatan oshib, 8,16 milliard dollarga yetdi. Ayniqsa, shaxsdan shaxsga (P2P) o‘tkazmalar 50 foizdan ortiq o‘sishni qayd etdi. Shu bilan birga, mamlakatning elektron tijorat bozori ham barcha yo‘nalishlarda izchil o‘sishni namoyon etmoqda.
Forumda Vasilev, shuningdek, Octobank jamoasi hozirda Alipay va WeChat Pay platformalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi yangi xizmat ustida faol ish olib borayotganini ma’lum qildi.
Moliya bozoridagi asosiy tendensiyalar:
Digital Uzbekistan xalqaro forumi har yili Markaziy Osiyoning yetakchi muloqot platformasi sifatida banklar, fintex kompaniyalari, elektron tijorat xizmatlari va regulyatorlar o‘rtasida raqamli moliya texnologiyalari bo‘yicha dolzarb mavzularni muhokama qilish imkonini yaratib beradi.
- 2028 yilga kelib global elektron tijorat bozori hajmi 5,06 trillion dollardan oshishi kutilmoqda;
- Xalqaro pul o‘tkazmalari bozori ham shiddat bilan o‘smoqda;
- Mahalliylashtirilgan xizmatlar, QR-kodli yechimlar, elektron tijorat va fintex integratsiyasi, hamda tartibga solishni kuchaytirish kabi yo‘nalishlar ommalashmoqda.
Digital Uzbekistan xalqaro forumi har yili Markaziy Osiyoning yetakchi muloqot platformasi sifatida banklar, fintex kompaniyalari, elektron tijorat xizmatlari va regulyatorlar o‘rtasida raqamli moliya texnologiyalari bo‘yicha dolzarb mavzularni muhokama qilish imkonini yaratib beradi.
Reklama





