add

TTZgacha cho‘ziladigan metro: yangi yo‘nalish 85 ming yo‘lovchiga xizmat qiladi

19.05.2025 | 16:303172

Endi metropolitenni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Shu asosida tayyorlangan yangi taklifga ko‘ra, loyihani 2 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

TTZgacha cho‘ziladigan metro: yangi yo‘nalish 85 ming yo‘lovchiga xizmat qiladi
Birinchi bosqichda Chilonzor yo‘nalishining Pushkin bekatidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Feruza mahallasigacha mavjud temir yo‘lga parallel ravishda yer yuzasida metro qurilishi rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda esa ushbu yo‘nalish Toshkent traktor zavodi hududidagi Shoh bekatigacha uzaytiriladi. Prezident loyihani amalga oshirishda mablag‘ va qulaylik jihatidan unumli yondashish talabini qo‘ygan. Shunga mos ravishda yangilangan taklif ishlab chiqilgan va texnik hamda amaliy jihatlari taqdimotda ko‘rib chiqilgan. Hozirda ushbu hududdan poytaxt markaziga kuniga 47 ming avtotransport vositasi va 194 ming yo‘lovchi kirib keladi. Yangi metro yo‘nalishi orqali har kuni 85 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilishi rejalashtirilmoqda. Prezidentga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu loyiha shahar transport tizimini yengillashtirish, aholiga qulaylik yaratish va atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi.  

Teglar

Mavzuga oid