
Tungi vaqtlarda «A» belgili yo‘llardan barcha transport vositalari foydalanishi mumkin
21.05.2025 | 14:3242132
1 iyundan boshlab kechki soat 23:00 dan ertalab 06:00 gacha yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan «A» belgili yo‘llardan boshqa transport vositalari ham foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 318-son qarori bilan tasdiqlangan (https://xabar.uz/1f28).

Qarorga muvofiq, amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi belgilarga ega «To‘xtash taqiqlangan» va «To‘xtab turish taqiqlangan» yo‘l belgilari qo‘yilgan hududlarda, belgilangan vaqtdan tashqari paytlarda ushbu talab amal qilmaydi. Ya’ni, shunday vaqtlarda avtomashinalar to‘xtashi yoki to‘xtab turishiga ruxsat etiladi.
Shuningdek, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari atrofidagi yo‘llarda dam olish kunlari, ta’til davrlari hamda kechki soat 19:00 dan ertalab 07:00 gacha harakat tezligini aholi punkti uchun belgilangan umumiy chekkacha oshirish mumkin bo‘ladi.
Bu o‘zgarishlar yo‘l harakati qoidalariga aniqlik kiritib, fuqarolar uchun qulaylik yaratishni ko‘zda tutadi. Yo‘l belgilaridagi axborotlarga e’tibor qaratish esa muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.





