
Turkiya elektromobil bozorida dunyodagi eng yirik o‘nlikka kirdi
30.05.2025 | 11:2037242
Sarlavhadagi natija hukumatning faol qo‘llab-quvvatlovi, milliy brend Togg'ning muvaffaqiyatli ishga tushirilishi va zaryadlash infratuzilmasining kengayishi natijasida amalga oshdi.

Britaniyaning mustaqil tadqiqot markazi New AutoMotive ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya elektromobillar sotuvi bo‘yicha dunyodagi eng yirik o‘nta bozor qatoriga kirdi. 2025 yil aprel oyida Turkiyada 11 173 ta elektromobil sotilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Ispaniya, Italiya, Sloveniya, Xorvatiya va Gretsiya kabi mamlakatlarni ortda qoldirdi.
2024 yilda Turkiyada 123 982 ta elektromobil sotilgan, bu esa mamlakatni dunyoda 8-o‘ringa olib chiqdi. Dekabr oyida 17 894 ta elektromobil sotilib, Turkiya dunyoda 6-o‘rinni egalladi.
Turkiyaning elektromobillar bozoridagi muvaffaqiyati mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va ekologik barqarorlikka qaratilgan sa’y-harakatlarining natijasidir. Bu yutuq Turkiyani dunyodagi eng yirik elektromobillar bozorlaridan biriga aylantirdi.





