add

Turkiyada xavfli virus tarqaldi

04.07.2025 | 09:2038932

Turkiyada o‘ta xavfli oqsil kasalligi epidemiyasi qayd etildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat bo‘ylab shoshilinch xabarnoma tarqatdi va barcha chorvachilik bozorlarini vaqtincha yopdi.

Turkiyada xavfli virus tarqaldi
Turkiyada hayvonlar orasida o‘ta xavfli oqsil kasalligi epidemiyasi qayd etildi. Bu haqda Kommersant’ nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Qurbon hayiti nishonlanganidan so‘ng hayvonlar orasida virusga chalinish holatlari keskin ko‘paygan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatning 81 ta viloyatiga shoshilinch xabarnoma yuborgan. Natijada, Turkiyada barcha chorvachilik bozorlari vaqtincha yopilgan va epidemiologik jihatdan xavfli hududlarda karantin joriy etilgan. Infeksionist mutaxassislar aniqlik kiritishicha, oqsil virusi odamdan-odamga yuqmaydi. Asosiy yuqish yo‘li — kasallangan hayvon bilan aloqada bo‘lish yoki xom sut va ishlov berilmagan go‘shtni iste’mol qilishdir. Bunda virus issiqlik ta’sirida va ultrabinafsha nurlar ostida tezda yo‘q bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Turkiyada xavfli virus tarqaldi | Vaqt.uz