add

"Ucell kompaniyasi, bozorning boshqa ishtirokchilari kabi, avgust oyida yangi himoya tizimiga to‘liq ulandi"

23.10.2025 | 17:001731

2025-yil 1-avgustdan 20-oktyabrgacha Ucell'ning raqamlarni almashtirishga qarshi “antispufing” filtrlash va himoya tizimi mahalliy banklar, kompaniyalar yoki tanishlar nomidan kelayotgandek ko‘ringan 349 829 ta soxta raqam va telefon firibgarlik urinishlarini chekladi. Bu mamlakat barcha mobil aloqa kompaniyalari ishtirok etadigan tarmoq standarti va qo‘shma dastur hisoblanadi.

"Ucell kompaniyasi, bozorning boshqa ishtirokchilari kabi, avgust oyida yangi himoya tizimiga to‘liq ulandi"

Ucell kompaniyasi, bozorning boshqa ishtirokchilari kabi, avgust oyida yangi himoya tizimiga to‘liq ulandi. Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. 2025-yil sentyabr oyining boshidan boshlab Ucell tarmog‘ida xalqaro qo‘ng‘iroqlarni filtrlash doimiy rejimda ishlayapti.

Umumiy tizimda ishtirok etishdan tashqari, Ucell o‘zining himoya texnologiyalaridan ham foydalanadi. Kompaniyada qo‘shimcha dasturiy filtr mavjud bo‘lib, u Ucell abonentlari tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro qo‘ng‘iroqlarni tahlil qiladi va shubhali ulanishlarni ajrata oladi.

Yaratilgan ko‘p bosqichli himoya Ucell ovozli aloqasining yuqori ishonchliligini ta’minlaydi.

Ma’lumot uchun:

O‘zbekistonga xalqaro qo‘ng‘iroqlar yagona nuqta: “O‘zbektelekom” AK Bosh kommutatsiya markazi orqali keladi. Aynan shu yerda har bir xalqaro chaqiruvni mobil aloqa operatori tarmog‘iga o‘tkazishdan oldin tekshiradigan zamonaviy filtrlash tizimi joriy etilgan.

Chet eldan keladigan har bir qo‘ng‘iroq avtomatik ravishda tekshiriladi: agar raqam haqiqatan ham chet eldagi abonentga tegishli bo‘lsa, qo‘ng‘iroq o‘tkaziladi. Agar raqam O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-yu, ammo “xalqaro qilib ko‘rsatsa” - u cheklab qo‘yiladi.

Bunday tekshiruv abonentlarni raqamlarni soxtalashtirish va go‘yoki mahalliy banklar, kompaniyalar yoki tanishlardan kelayotgan qo‘ng‘iroqlar orqali amalga oshiriladigan telefon firibgarligidan himoya qilishga yordam beradi.

Reklama

Mavzuga oid

"Ucell kompaniyasi, bozorning boshqa ishtirokchilari kabi, avgust oyida yangi himoya tizimiga to‘liq ulandi" | Vaqt.uz