«Ucell» «Ookla» va «Opensignal»ning beshta xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi

05.03.2026 | 15:574 daqiqa

Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan «Mobile World Congress 2026» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Ucell kompaniyasi «Opensignal» va «Ookla» kompaniyalari tomonidan o‘tkazilgan mobil aloqa sifati bo‘yicha mustaqil tadqiqotlar yakunlariga ko‘ra bir nechta nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

«Ucell» «Ookla» va «Opensignal»ning beshta xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi

«Opensignal»ning uchta xalqaro mukofoti

«Ucell» bosh direktori Andrey Shishkovskiy «Opensignal» bosh direktori Charlz Rutshtayn qo‘lidan birdaniga uchta mukofotni qabul qilib oldi.

«Ucell» kompaniyasi «Opensignal» tomonidan e’lon qilingan «Mobile Network Experience Report – March2026» xalqaro hisobotida uchta yo‘nalish bo‘yicha g‘olib deb topildi:

·        O‘zbekistonda eng tezkor mobil internet — Fastest Moblie Network;

·        O‘zbekistonda eng barqaror tarmoq sifati — Most Consistent Networ Quality;

·        O‘zbekistonda eng ishonchli mobil tarmoq — The Most Reliable Network.

Nimalar o‘lchandi va baholandi:

·          foydalanuvchilar mobil tarmoqdan foydalanishda oladigan odatiy ma’lumot yuklab olish tezligi;

·          tarmoqning video, messenjerlar, internet va kontent yuklash jarayonlarini sezilarli kechikishlar va uzilishlarsiz barqaror ishlashini ta’minlash qobiliyati;

·          foydalanuvchilarning tarmoqqa ulanishi va asosiy raqamli vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati.

«Ookla»ning ikki xalqaro mukofoti

«Ookla» kompaniyasining Savdo bo‘yicha direktori Viktor Zeng mukofotlarni «Ucell» kompaniyasi rahbariyatiga topshirdi.

Bundan bir necha vaqt oldin, 2025-yilning ikkinchi yilligi yakunlariga ko‘ra, «Ucell» «Ookla»ning «Speedtest Intelligence®» ma’lumotlari tahliliga asoslangan mukofotlarga sazovor bo‘lgan edi.

·         O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq — Best Nobile Network;

·         O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internet — Fastest mobile Network.

Mukofotlar 2025-yilning III–IV choraklari (Q3-Q4 2025) uchun Speedtest Intelligence®» ma’lumotlari tahlili asosida, «2025 Speedtest Awards» doirasida taqdim etilgan.

reklama2

«Ucell» bosh direktori Andrey Shishkovskiy shunday dedi:

— Telekommunikatsiya bozorida, ayniqsa mobil operatorlar orasida yetakchiga aylanish nihoyatda murakkab. Ammo mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolish bundan ham qiyin. Ucyell kompaniyasining OOKLA tomonidan ikki yil ketma-ket bozorning eng yaxshisi sifatida e’tirof etilishi, shuningdek Opensignal tomonidan berilgan joriy e’tirof Ucyell ning texnologik yetakchiligi va tanlangan rivojlanish strategiyasining barqarorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

 

«Ucell»: 30 yillik rivojlanish, innovatsiyalar va oldinga intilish

2026-yil kompaniya uchun muhim sana bo‘ldi: «Ucell» O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi 30 yillik faoliyatini nishonlamoqda. Shu vaqt davomida operator mobil aloqa bozoridagi ilk ishtirokchilardan biridan mobil internet sifati va tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish sohasida mezonlarni belgilab beruvchi kompaniyaga aylandi.

«Ookla» va «Opensignal» kabi xalqaro mustaqil tashkilotlar tomonidan berilgan e’tirof kompaniyaning izchil o‘sish strategiyasi, tarmoqni tizimli modernizatsiya qilish hamda abonentlar manfaatlariga qaratilgan yondashuvining mantiqiy tasdig‘iga aylandi. Ucyell ilg‘or yechimlarni joriy etish va xizmat ko‘rsatish darajasini yanada takomillashtirishni davom ettirib, mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilarga jahon darajasidagi mobil aloqadan foydalanish imkoniyatini ta’minlamoqda.

reklama3

«Opensignal» — Mobil aloqa sohasida foydalanuvchilarning real tajribasini o‘lchashga ixtisoslashgan mustaqil xalqaro tahliliy kompaniya. Kompaniya hisobotlari foydalanuvchilar smartfonlaridan yig‘ilgan millionlab o‘lchov natijalariga asoslanadi hamda kundalik hayotda mobil internetning haqiqiy sifatini aks ettiradi.

«Ookla» — «Speednest» xizmati va «Speedtest Intelligence®» tahliliy platformasi bilan tanilgan mobil va keng polosali tarmoqlarni tahlil qilish sohasidagi jahon yetakchisi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tezlik testlari asosida tarmoqlar samaradorligi bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazadi.

 

* «Ucell — O‘zbekistonda «Ookla®» kompaniyasining «Fastest Moblie Network» hamda «Best Mobile Network» mukofotlari sohibi. «Ookla® Speedtest Awards», 2H 2025 ma’lumotlari bo‘yicha. Uzbekistan – 2025 Speedtest Awards 

2025-yil ikkinchi yarmiga (Q3–Q4 2025) oid «Speedtest Intelligence®» ma’lumotlari bo‘yicha «Ookla®» kompaniyasi tahlili asosida. «Ookla» savdo belgilari litsenziya bo‘yicha va huquq egasining ruxsati bilan qo‘llanmoqda

«Ucell – O‘zbekistonda «Oprnsignal®» kompaniyasining «Fastest Mobile Network», «Most Consistent Network Quality» hamda «The Most Reliable Network» sovrinlari sohibi. Manba: «Opensignal Awards — Uzbekistan: 2025-yil 1-oktabr – 29-dekabr davrida ro‘yxatga olingan uyali aloqani tekshirishlarning mustaqil tahliliga asoslangan Uyali aloqa tarmog‘idagi ish tajribasi haqida hisobot, 2026-yil, mart. © 2026 Opensignal Inc.

Teglar

Mavzuga oid