add

UEFA Rossiya klublariga €11 mln to‘ladi, ukrainaliklarni esa rad etdi

08.08.2025 | 23:0019803

Yevropa futbol uyushmasi (UEFA) Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng Rossiya klublarini yevrokuboklardan chetlatgandi. Shunga qaramay, u baribir Rossiya jamoalariga €10,8 million to‘lab bergan.

UEFA Rossiya klublariga €11 mln to‘ladi, ukrainaliklarni esa rad etdi
Britaniyaning «The Guardian» nashriga ko‘ra, UEFA tomonidan Rossiyaning bir necha klubiga umumiy hisobda €10,8 millionlik moliyaviy yordam ko‘rsatilgan. Bu mablag‘lar «birdamlik to‘lovlari» deb ataluvchi toifaga kiradi va ular, odatda, yevrokuboklarda qatnashmagan klublarga ajratiladi. E’tiborlisi, Ukrainada urush tufayli futbol infratuzilmasi vayron bo‘lgan, bir qator klublar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. Biroq, shu holatda ham beshta Ukraina klubi — «Chernomorets» va «Real Farma» (Odessa), «Metallurg» (Zaporoje), «Feniks» (Mariupol) va «Metallist» (Xarkov) — UEFAdan hech qanday mablag‘ olmagan. Mazkur jamoalar UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinga murojaat xati bilan chiqqan. U dastlab bu holatga oydinlik kiritishni va’da qilgan, ammo keyin bu masalani mutlaqo e’tiborsiz qoldirgan. «The Guardian» manbalariga tayanib yozishicha, Rossiya UEFAdagi ta’sirini saqlab qolmoqda. Masalan, UEFAning qoidalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi qo‘mitasida Polina Yumasheva — rossiyalik milliarder Oleg Deripaskaning sobiq rafiqasi — a’zo bo‘lib turibdi. Bu esa tashkilotda Rossiya manfaatlari hali ham himoya qilinayotganidan dalolat beradi.

Teglar

Mavzuga oid