
Ukraina 22 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning mamlakatdan chiqib ketishiga ruxsat berdi
27.08.2025 | 11:0013242
Ukraina hukumati 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga chegaradan to‘siqsiz o‘tishga ruxsat beruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Ukrainaning 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolari harbiy holat joriy etilganiga qaramay, mamlakatni hech qanday to‘siqsiz tark eta oladilar. Bu haqda Ukraina Bosh vaziri Yuliya Sviridenko ma’lum qildi.
Sviridenkoning aytishicha, chet elda bo‘lgan ukrainaliklar ham chegarani istalgan tomonga erkin kesib o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Bosh vazir aniqlik kiritishicha, yangi qoidalar rasmiy e’lon qilinganidan keyingi kuni kuchga kiradi.
Ukrainada harbiy holat keng ko‘lamli urush boshlangan birinchi kundan beri amal qilmoqda. Shu sababli, ayrim istisnolardan tashqari, 60 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetgan erkaklarga mamlakatni tark etish taqiqlangan edi.
2022 yil fevral oyidan beri Ukraina umumiy safarbarlik e’lon qildi va bir necha bor uzaytirdi. Dastlab 27 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar harbiy xizmatga chaqirilgan; 2024 yil aprel oyida safarbarlik yoshi 25 ga tushirildi.





