add

Ukraina dronlari hujumi: Rossiyaning bir nechta hududlarida zarar yetdi

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, 26 may kuni soat 20:00 dan 27 may soat 07:00 gacha Ukraina tomonidan uchirilgan 99 ta dron yo‘q qilingan. Ular Rossiyaning 7 ta hududi ustidan ushlangan.

Ukraina dronlari hujumi: Rossiyaning bir nechta hududlarida zarar yetdi
Hujumlarning oblastlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: – Belgorod oblasti: 56 ta dron – Voronej oblasti: 25 ta – Vladimir oblasti: 7 ta – Kaluga oblasti: 5 ta – Tula oblasti: 4 ta – Rostov va Lipetsk oblastlari: har birida 1 tadan Vladimir oblastining Murom shahridagi sanoat zonasida joylashgan 3 ta binoga dron hujumi natijasida ziyon yetkazilgani xabar qilindi. Quyidagi aeroportlarda uchib kelish va ketishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi: – Ivanovo (Yujniy) – Kaluga (Grabsevo) – Nijniy Novgorod (Strigino) – Tambov (Donskoye) – Yaroslavl (Tunoshna) – Saratov (Gagarin)

Teglar

Mavzuga oid

Ukraina dronlari hujumi: Rossiyaning bir nechta hududlarida zarar yetdi | Vaqt.uz