add

Ukraina kelajagi yopiq uchrashuvda muhokama qilinadi

12.06.2025 | 22:409263

Stokholmda 12 iyundan 15 iyungacha Bilderberg guruhi yopiq anjumani bo‘lib o‘tadi. Unda Ukraina kelajagi, yevroatlantik munosabatlar, AQSH va Yevropa iqtisodiyoti, mudofaa innovatsiyalari hamda migratsiya masalalari muhokama qilinadi.

Ukraina kelajagi yopiq uchrashuvda muhokama qilinadi
Shvetsiya poytaxti Stokholmda 12 iyun kuni boshlangan Bilderberg guruhining navbatdagi yig‘ilishi jamoatchilikdan yopiq holda o‘tkazilayotgani bilan e’tibor tortmoqda. «Grand Hotel» mehmonxonasida o‘tayotgan anjuman 15 iyungacha davom etadi va uchrashuv davomida matbuot anjumanlari yoki onlayn translyatsiyalar rejalashtirilmagan. Bilderberg uchrashuvlari 1954 yildan beri har yili tashkil qilinadigan xususiy konferensiya hisoblanadi. Unda Yevropa va Shimoliy Amerika siyosiy elitasi, moliya, fan, sanoat va OAV vakillaridan iborat 120–150 nafar qatnashchi faqatgina shaxsiy taklif asosida qatnashadi. Joriy yilgi kun tartibida yevroatlantik munosabatlar, Ukraina kelajagi, AQSH va Yevropa iqtisodiyoti, Yaqin Sharqdagi vaziyat, mudofaa sohasidagi innovatsiyalar, sun’iy intellekt hamda migratsiya masalalari asosiy muhokama mavzulari sifatida belgilangan. Anjumanda NATO bosh kotibi Mark Ryutte, Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson, Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Norvegiya moliya vaziri va NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg hamda Germaniya Bundestagi spikeri Yuliya Klekner ishtirok etishi kutilmoqda. Bilderberg guruhi an’anasiga ko‘ra, yig‘ilishda olingan ma’lumotlar foydalanish uchun ruxsat etilgan bo‘lsa-da, manba va aniq shaxslar sir saqlanishi shart hisoblanadi. Bu jihat anjumanni yanada sirli va qiziqarli qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Ukraina kelajagi yopiq uchrashuvda muhokama qilinadi | Vaqt.uz