add

«Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish tarafdori» — Andrey Sibiga

26.09.2025 | 13:3311883

O‘zbekiston va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Nyu-Yorkda mamlakatlar o‘rtasida muloqotni chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

«Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish tarafdori» — Andrey Sibiga
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasi doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga bilan uchrashdi. Suhbat davomida savdo, investitsiya, ta’lim va madaniy hamkorlik kabi ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Saidovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish, sheriklikni mustahkamlash va xalqlar manfaatlari yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochishga qaratilgan intilishni tasdiqladi. Andrey Sibiga, Ukraina tomonidan siyosiy muloqotni qayta tiklash va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib olinganini ta’kidladi. Shuningdek, Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish va Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlashga sodiq ekanini bildirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Ukraina tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar so‘nggi marta 2021 yil mayida bo‘lib o‘tgan. 2013 yilda esa, vazirlar Abdulaziz Komilov va Leonid Kojara uchrashgan edi. O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2022 yildan keyin pasayishdan so‘ng, 2025 yilning birinchi yarmida sezilarli o‘sish kuzatildi. 2021 yilda 278,4 million dollar bo‘lgan tashqi savdo hajmi 2025 yilda 151,8 million dollarGa yetdi, bu esa 50 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid