Ukraina qo‘shinlari Pokrovsk yo‘nalishida jadal ilgarilamoqda
25.08.2025 | 12:3029433
Ukraina Qurolli Kuchlari Donetsk oblastidagi Pokrovsk shahri atrofida Rossiya frontini parchalab, bir nechta aholi punktlarini ozod qilgani aytilmoqda.

23 avgustdagi geolokatsiya bilan tasdiqlangan kadrlar Mixaylivkada ukrain qo‘shinlarining mavjudligini ko‘rsatdi. Mixaylivka biroz avval Rossiya armiyasi nazoratida bo‘lib turuvdi.
Ukraina Bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy bir necha muvaffaqiyatli qarshi hujumlardan so‘ng mazkur hudud ozod qilinganini rasman ma’lum qildi. Shuningdek, Mirniyga janubdan va Mirolyubivka tomon shimoldan ilgarilash ham qayd etilgan.
AQSHdagi Urushni o‘rganish instituti tahlilchilari Pokrovsk yo‘nalishidagi joriy vaziyatni tahlil qilib, Ukraina kuchlarining bir necha frontlarda ustunlikka erishganini ta’kidladi. Sirskiy Ukraina qo‘shinlari Vladimirka aholi punktiga ham kirib borganini ma’lum qildi.
Rossiya tomoniga qarashli ba’zi telegram kanallar va harbiy blogerlar Malinivka atrofida Ukraina qo‘shinlari hech qanday olg‘a siljishga erishmaganini ta’kidlamoqda. Biroq boshqa manbalar Mirniy qishlog‘i ham Rossiya qo‘shinlaridan ozod etilganini bildirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Novoekonomicheskedagi pozitsiyalar ustidan nazorat o‘rnata olgani bois Mirniyga kirib borishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, 23–24 avgust kunlari Zolote Kolodets, Kucheriv Yar, Vladimirka va Mixaylivkada kuchli janglar kuzatilgan.
Hozircha Ukraina Qurolli Kuchlari Krasniy Liman, Mirnograd janubi va Udachne qishlog‘ining shimoliy chetidagi pozitsiyalarini mustahkam saqlab turibdi.