add

Ukraina zarbalari Rossiyaning yadroviy xavfsizligiga shubha uyg‘otdi — Bloomberg

03.06.2025 | 09:2026363

Ukraina qurolli kuchlarining Rossiyadagi strategik aviatsiya bazalariga qilgan hujumi Kremlda jiddiy xavotir uyg‘otdi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, Moskva yadroviy kuchlarining himoyasizligi haqida jiddiy o‘yga tushdi.

Ukraina zarbalari Rossiyaning yadroviy xavfsizligiga shubha uyg‘otdi — Bloomberg
Bloomberg agentligining yozishicha, Ukraina tomonidan 1 iyun, yakshanba kuni Rossiya hududining ichida joylashgan strategik aviabazalarga berilgan zarbalar Kremlni hayratga soldi. Manbalarga ko‘ra, hujum natijasida Rossiya qo‘shinlari kamida 10 ta samolyotni yo‘qotgan. Ayni paytda OSINT tahlilchilari yo‘qotishlar sonini 13–15 ta deb baholagan. Rossiyadagi Z harbiy kanallardan biri bo‘lgan «Rыbar» ham 13 samolyot nobud bo‘lganini tasdiqlagan. Bu samolyotlar Rossiyadagi Tu-95 va Tu-160 turdagi strategik bombardimonlar bo‘lib, ularning uchish masofasi 10 ming km va undan yuqorini tashkil etadi. Shuningdek, Rossiyada 60 ta Tu-22M3 bor bo‘lib, ular taktik yadroviy qurollarni tashish qobiliyatiga ega. Stokholm tinchlik muammolarini o‘rganish instituti (SIPRI) ma’lumotlariga ko‘ra, bu hujum Rossiyaning strategik aviatsiyasining taxminan 10 foizini ishdan chiqargan. Shu bilan birga, Bloomberg manbalari Rossiyaning umumiy yadroviy salohiyatiga u qadar katta ziyon yetkazilmaganini ta’kidlaydi. Sababi, Rossiyadagi asosiy yadroviy kallaklar yerosti va dengizda joylashtirilgan raketalarda saqlanadi. SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, ularning umumiy soni 567 tani tashkil etadi. Shunga qaramay, Ukraina tomonining strategik havo hujumi Kreml atrofidagi yuqori darajali mansabdorlar orasida katta tashvish uyg‘otgani va yadroviy kuchlarning xavfsizligiga oid muammolarni yana bir bor ko‘targani qayd etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid