
Ukrainada Avstriya qo‘shinlari paydo bo‘lishi mumkin
24.07.2025 | 08:4020072
Avstriya Mudofaa vaziri Klaudia Tanner Ukrainada tinchlik o‘rnatilgandan so‘ng mamlakat hududida avstriyalik harbiylarni joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Der Standard xabar bermoqda.

«Agar tinchlik o‘rnatilsa, qanday vazifa bo‘lishi va unga kim rahbarlik qilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, shunda biz qay tarzda eng yaxshi ishtirok etishimizni baholaymiz», - dedi Avstriya idorasi rahbari.
Shu bilan birga, u mojaro davom etayotgan ekan, bu haqda gap bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Tanner Avstriya harbiy jihatdan betaraf ekanligini, biroq umumiy xavfsizlik va mudofaa siyosatiga juda katta hissa qo‘shayotganini qayd etdi.





