add

Ukrainaga qarshi 640 ming rossiyalik jangchi jalb etilgan

16.05.2025 | 15:2730063

Ukraina bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyga ko‘ra, Rossiya frontdagi faol harakatlarni to‘xtatmasdan, urushni to‘liq «holdan toydiruvchi urush» bosqichiga o‘tkazgan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hali ham o‘z maqsadlaridan voz kechmagan.

Ukrainaga qarshi 640 ming rossiyalik jangchi jalb etilgan
Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy NATO–Ukraina kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqib, Rossiya hali ham diplomatik chaqiriqlarga qaramasdan o‘z harbiy maqsadlarini amalga oshirishga intilmoqda, deya bayonot berdi. Sirskiyga ko‘ra, hozirda front chizig‘i qariyb 1100 kilometrga cho‘zilgan va janglar barcha yo‘nalishlarda faol davom etmoqda. U Rossiya agressiyasini «holdan toydiruvchi urush» deb baholar ekan, hozirgi kunda Ukrainaga qarshi janglarda Rossiyaning umumiy jangchilar soni 640 ming nafarga yetganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaa operatsiyalarini samarali olib borishni davom ettirmoqda va bosqinchilarga jiddiy yo‘qotishlar yetkazmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 14 may kunining o‘zida 128 ta jangovar to‘qnashuvlar qayd etilgan. Pokrovsk yo‘nalishi hozirgi kunda eng keskin nuqta sifatida qolmoqda. Sirskiy ta’kidlaganidek, Ukraina adolatli tinchlikka umid bog‘lamoqda, biroq vaziyat hozircha tinch yo‘l bilan hal bo‘lishidan yiroq.

Teglar

Mavzuga oid