add

Urganch va Nukus o‘rtasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

28.09.2025 | 18:5615072

27 sentyabrdan Urganch va Nukus o‘rtasida shaharlararo poyezd harakati boshlandi. Bir tomonlama chipta narxi 20 ming so‘m etib belgilandi.

Urganch va Nukus o‘rtasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
«O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, 6353/6354-sonli Urganch–Nukus–Urganch qatnovlari har kuni amalga oshiriladi. Bu yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va hududlar o‘rtasida transport aloqalarini yaxshilashga qaratilgan. Jadvalga ko‘ra, 6354-sonli Nukusdan Urganchga qatnaydigan poyezd soat 05:30 da yo‘lga chiqib, 08:50 da manzilga yetib boradi. 6353-sonli Urganchdan Nukusga yo‘nalish esa soat 15:30 da boshlanib, 18:50 da nukusga yetib keladi. Eslatib o‘tamiz, Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» qatnovlari tashkil etilgan bo‘lib, ular 1–2 oktyabr kunlari va 3 oktyabrdan boshlab haftasiga uch marta yo‘lga chiqishi rejalashtirilgan. Avvalroq Toshkent–Chinorkent elektropoyezd narxlari 50 foizga oshganini ma’lum qilgan edik.

Teglar

Mavzuga oid