
«Urush vazirligi»ga aylangan Pentagon: Hegset qo‘rqinchli islohotlar boshladi
01.10.2025 | 09:5534433
AQSHda yangi Urush vaziri Pit Hegset armiyada «sog‘lomlashtirish» siyosati e’lon qildi: siyosiy to‘g‘rilik davri tugadi, buyog‘iga — qattiqqo‘l urush tayyorgarligi.

AQSHning yangi Urush vaziri Pit Hegset Virjiniya shtatidagi Kuantiko bazasida yuqori harbiy rahbariyatni yig‘ib, yangi kursni ochiq bildirdi. «Agar dushmanlarimiz bizga qarshi chiqsa, ularni vazirligimiz shafqatsizlik va aniqlik bilan yo‘q qiladi», — dedi u.
Hegsetning so‘zlariga ko‘ra, Pentagonda «siyosiy to‘g‘rilik va ko‘pqirralilik» davri tugadi. U ofitserlarni tanlov qarshisida qoldirdi: rahbariyatning qat’iy qarashlariga qo‘shilmaganlar bemalol xizmatdan bo‘shab ketishlari mumkin.
Vazir armiyada semiz general va admirallar uchun joy yo‘qligini aytdi. Jismoniy testlar faqat erkaklar me’yori asosida o‘tkaziladi, saqolga qat’iy taqiq joriy etiladi. Bir vaqtning o‘zida u «boboyzug‘um»ga qarshi qoidalarni yumshatishini ham ma’lum qildi.
Hegset tanqid ostiga olingan qora tanli general va ayol admiralni «buzilgan madaniyat qurbonlari» deb atadi. «Siyosiy to‘g‘rilikka asoslangan rahbarlik davri bugundan tugaydi», — dedi u.
Boshqa bir yangilik — sentyabrda Donald Tramp Pentagonni rasman «Urush vazirligi» deb qayta nomlash haqida farmon imzolagandi. Reuters va CBS ma’lumotlariga ko‘ra, bunday o‘zgarishlarni Kongress tasdiqlashi shart, ammo amaliy islohotlar allaqachon boshlandi.





