add

Urushdan qaytgan 137 ming rus harbiysi jamiyatga qayta moslashishga muhtoj

26.06.2025 | 20:4048074

Rossiya rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainadagi urushdan qaytgan qariyb 140 ming harbiy fuqarolik hayotiga moslashish uchun yordamga muhtoj. Ular asosan yoshlar bo‘lib, barqaror daromad va psixologik qo‘llab-quvvatlashni talab qilmoqda.

Urushdan qaytgan 137 ming rus harbiysi jamiyatga qayta moslashishga muhtoj
Rossiyada Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan taxminan 137 ming harbiy fuqarolik hayotiga qaytgan va bugungi kunda ularning jamiyatga qayta moslashuvi dolzarb masalaga aylandi. Bu haqda Kreml huzuridagi Ijtimoiy loyihalar departamenti rahbari Sergey Novikov malum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushdan qaytgan harbiylarning aksariyati 35 yoshdan kichik yoshlardir. Ular faqat ish emas, balki munosib mehnat va daromadni ta’minlaydigan sharoitlarga muhtoj. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada xizmat qilgan harbiylar oyiga kamida 204 ming rubl (taxminan 2 600 dollar) maosh olgan. Novikov bu harbiylar fuqarolik hayotiga qaytganda oilaviy daromad keskin pasaymasligi lozimligini ta’kidladi. Rossiya hukumati bu yo‘nalishda turli dasturlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, ishsiz harbiylarga ish topishda ko‘mak berish, kasbiy o‘quv kurslari tashkil etish va nogiron harbiylarni ishga qabul qiluvchi ish beruvchilar uchun moliyaviy rag‘batlantirish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, urushdan qaytgan harbiylar orasida jinoyatchilik holatlari ortib borayotgani ham qayd etilmoqda. Sud hujjatlariga ko‘ra, Rossiyada 2022 yil fevraldan buyon urushdan qaytgan harbiylar tomonidan kamida 378 kishi o‘ldirilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, har besh nafar urushdan qaytgan harbiydan biri posttravmatik stress kasalligiga chalingan. Biroq Rossiyada har 7 000 katta yoshli aholiga atigi bitta psixolog to‘g‘ri keladi va ularning ham ko‘pchiligi jangovar jarayonlar bilan bog‘liq mutaxassis emas. Mutaxassislar bu vaziyatda psixologlar tayyorlash, reabilitatsiya dasturlarini kuchaytirish va harbiylarni munosib sharoitlarda jamiyatga qaytarishni ustuvor vazifa sifatida belgilanishi zarurligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Urushdan qaytgan 137 ming rus harbiysi jamiyatga qayta moslashishga muhtoj | Vaqt.uz