
Urushlardan charchagan Afg‘onistonga endi Pokiston zarba bermoqda
29.08.2025 | 09:0025992
Pokiston harbiy-havo kuchlari joriy yilning 27 avgust kuni kechqurun Afg‘onistonning Nangarhor va Xost viloyatlaridagi fuqarolik infratuzilmalariga hujum qildi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi va yana yettitasi jarohat oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar Nangarhor viloyatining Shinvar tumani hamda Xost viloyatining Spera tumanidagi turar-joy binolariga qaratilgan. Shu bilan birga, Pokiston Tashqi ishlar vazirligi va Qurolli kuchlarining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha idoralararo boshqarmasi hozircha «Reuters»ning izoh so‘roviga javob bermadi.
Agentlik xabariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar tarang holatda qolmoqda. Islomobod Kobulni islom respublikasi hududida hujumlar uyushtiruvchi terrorchi guruhlar jangarilarini boshpana berishda ayblaydi. Afg‘oniston esa bu ayblovlarni rad etadi.





