Urushning cho‘zilishidan kim ko‘proq yutqazadi?

Kecha 19:003 daqiqa

Yaqin Sharqdagi urushning davom etishidan Isroil va Rossiya eng ko‘p manfaat ko‘rmoqda. Siyosatshunos AQSH va Eron nega bu mojaroda asosiy yutqazuvchi ekanini tushuntirdi.

“Fikr vaqti” dasturining navbatdagi soni Eron – AQSH muzokaralari, uning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sabablari hamda voqealarning kelgusidagi ehtimoliy rivoji masalalariga bag‘ishlandi. Dastur davomida siyosatshunos Jahongir Akramov urushning uzoq muddatga cho‘zilishi qaysi tomon uchun ko‘proq zararga ishlashi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Siyosatshunosga ko‘ra, urushning davom etishidan eng ko‘p manfaatdor tomon bu  Isroildir. “Aniqki, kelishuv imzolanmasligidan manfaatdor birinchi taraf, benefitsiar — bu Isroil, aniqrog‘i, Netanyahu hukumati. To‘g‘ri, buni to‘liq Isroil manfaati deya olmaymiz, chunki siyosatshunoslik nuqtai nazaridan Isroilning milliy manfaatlari bunday urushlarning tezroq yakunlanishini talab qiladi. Lekin hozirgi Netanyahu hukumati bundan manfaatdor.

 

Albatta, stoldagi “pirog”da Putinning ham o‘z ulushi bor. Ikkinchi o‘rinda — Rossiya rahbariyati, xususan Putin. Chunki neft narxlarining ko‘tarilishi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining ittifoqchilari bilan munosabatlaridagi keskinlik va Yevropada gaz-neft narxlarining oshishi Rossiya uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Natijada Yevropa yana Rossiyadan ko‘proq energiya resurslarini sotib olishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu esa Putin uchun katta geosiyosiy va iqtisodiy yutuq hisoblanadi”, dedi u.

 

Siyosatshunosga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari ham ma’lum darajada urushning davom etishidan manfaatdor tomonlar hisoblanadi. Chunki ular кuчли Eronni xohlashmaydi. Bu — urushdan oldingi Eron emas: milliy birlik mustahkamlangan, tashqi bosimlarga nisbatan barqarorroq Eron ular uchun noqulay raqib. Shu sababdan ular Eronning kuchsiz holatda qolishini ma’qul ko‘radi.

 

Biroq barcha arab davlatlari bunday pozitsiyada emas. Masalan, Qatar, Bahrayn, Ummon va Quvayt kabi davlatlar tezroq tinchlikka qaytishni, barqaror taraqqiyotni tiklashni xohlaydi. Iroq ham shunday pozitsiyaga yaqin.

 

Bu yerda Xitoyning o‘rni ham muhim. Geosiyosiy jihatdan qaralsa, hozirgi vaziyat Xitoy uchun ma’lum ma’noda foydali: Amerika Qo‘shma Shtatlarining boshqa yo‘nalishlarga chalg‘ishi Xitoyga Tayvan va boshqa hududlarda ta’sirini kuchaytirish imkonini beradi. Lekin iqtisodiy jihatdan bu salbiy. Chunki Xitoy — jahon fabrikasi, global talabning pasayishi esa uning iqtisodiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shuningdek, “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusining ayrim tarmoqlari ham izdan chiqishi mumkin”, – dedi Akramov.

 

Siyosatshunosning ta’kidlashishcha, аслиda, urushning cho‘zlishi AQSH uchun ham, Eron uchun ham strategik jihatdan ютқизиқ hisoblanadi. Eron uchun bu, birinchi navbatda, infratuzilmaning vayron bo‘lishi дегани. Shu bilan birga, madaniy va sivilizatsion merosga tahdid mavjud. Masalan, Behistun yodgorliklari, Hamadondagi Ibn Sino maqbarasi, Tabriz va Sherozdagi tarixiy inshootlar — bular Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti ro‘yxatiga kiritilgan bebaho merosdir. Ularning yo‘qolishi tiklab bo‘lmaydigan yo‘qotish hisoblanadi.

 

Ikkinchi jihat — urushdagi tanaffuslar jamiyatdagi safarbarlik ruhini pasaytirishi mumkin. Biroq ayni paytda urush sharoiti Eronda amaldagi hokimiyatga ma’lum darajada siyosiy legitimlik ham berdi va bu holat uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun esa asosiy ta’sir ichki siyosat va iqtisod bilan bog‘liq. Yaqinlashib kelayotgan yirik tadbirlar, jumladan, jahon chempionati va mustaqillikning 250 yilligi kabi ramziy sanalar soya ostida qolishi mumkin. Shu bilan birga, yoqilg‘i narxlarining oshishi oddiy amerikaliklar uchun eng sezilarli omil bo‘ladi.

 

Eng muhimi, Amerika Qo‘shma Shtatlari bu jarayonda ma’lum darajada яккаланиб qolmoqda. Yevropadaги ittifoqchilar bilan munosabatlardagi uzilishlar uning strategik imkoniyatlarini cheklamoqda. Shu nuqtai nazardan, urush qayta kuchaygan taqdirda, Amerika Qo‘shma Shtatlarining pozitsiyasi Eronnikiga nisbatan murakkabroq bo‘lishi mumkin”, – dedi Jahongi Akramov.

 

Dasturni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

 

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 66

Barchasi

Mavzuga oid

Urushning cho‘zilishidan kim ko‘proq yutqazadi? | Vaqt.uz