
Uzbekistan Airways Sankt-Peterburg reyslarida o‘zgarishlar joriy qildi
07.07.2025 | 19:001783
7 iyul kuni Sankt-Peterburg ustida havo makoni vaqtincha yopilgani tufayli Uzbekistan Airways kompaniyasi ayrim reyslar jadvalini o‘zgartirdi. Yangi jadvalga ko‘ra, reyslar belgilangan vaqtdan kechiktirildi.

Uzbekistan Airways 7 iyul kuni Sankt-Peterburg ustida havo makoni vaqtincha yopilgani sababli ushbu shaharga va shahardan amalga oshiriladigan bir qator reyslar jadvalini o‘zgartirganini ma’lum qildi.
Bu cheklovlar parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.
7 iyul kuni HY9639 reysi Samarqanddan soat 22:55 da yo‘lga chiqib, 8 iyul kuni soat 02:05 da Sankt-Peterburgga yetib boradi.
8 iyul kuni HY9638 reysi Sankt-Peterburgdan soat 03:15 da yo‘lga chiqib, Urganchga soat 09:35 da yetib boradi. HY9637 reysi Urganchdan soat 10:45 da chiqib, Sankt-Peterburgga soat 13:25 da yetib boradi. HY9642 reysi Sankt-Peterburgdan soat 14:35 da yo‘lga chiqib, Buxoroga soat 21:30 da yetib boradi. Buxorodan HY9641 reysi soat 22:40 da yo‘lga chiqib, 9 iyul kuni soat 01:50 da Sankt-Peterburgga yetib boradi.
9 iyul kuni HY9638 reysi Sankt-Peterburgdan soat 03:05 da uchib, Urganchga soat 09:25 da yetib boradi. Urganchdan HY9637 reysi soat 10:35 da chiqib, Sankt-Peterburgga soat 13:15 da yetib boradi. HY9642 reysi Sankt-Peterburgdan soat 14:25 da yo‘lga chiqib, Termizga soat 21:35 da yetib boradi. HY070 reysi Termizdan soat 22:35 da uchib, Toshkentga soat 23:45 da qo‘nadi.
Barcha vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroporti vaqtincha yopilgan, Leningrad viloyatida dron hujumi xavfi e’lon qilingan edi. Bu bir sutka ichida qayd etilgan to‘rtinchi cheklov bo‘lgan.





