
UzCard tizimidagi nosozlik sizga ta’sir qilmaydi, agar...
28.08.2025 | 19:2026454
Uzcard tizimida bugun yuz bergan keng ko‘lamli nosozlik moliyaviy xotirjamlikka alohida e’tibor qaratishning naqadar muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda Soat 13:00 atrofida UzCard kartalardan foydalanish imkoni bo‘lmay qoldi: na to‘lovlar amalga oshirildi, na pul o‘tkazmalari. Hatto bankomatlardan ham naqd pul yechib bo‘lmas edi. To‘lov va bank ilovalaridan ham
Ammo yonida nafaqat Uzcard, balki Humo va xalqaro Viza kartasi bo‘lgan odamlar bu muammoga duch kelmadi. «Bu oddiy ehtiyot chorasi moliyaviy dunyoda diversifikatsiya deb ataladi», deb yozmoqda Beshtor.
Ekspertlar fikricha, diversifikatsiya faqat kartalar emas, balki jamg‘armalar uchun ham asosiy qoida hisoblanadi.
«Pul mablag‘larini faqat bir valyutada yoki bir xil shaklda saqlash juda katta xavf tug‘diradi. Kurs o‘zgarishlari yoki texnik nosozliklar birdaniga barcha jamg‘armalaringizni xavf ostiga qo‘yishi mumkin», deydi moliyaviy tahlilchi Anvar Karimov.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi jamg‘armalarining qariyb 55 foizini milliy valyutada saqlaydi, 30 foizini esa AQSH dollarida. Biroq yevro, oltin va boshqa aktivlarga qiziqish nisbatan past bo‘lib qolmoqda. Shu bois mutaxassislar jamg‘armalarni kamida 3–4 turdagi aktivlar orasida taqsimlashni maslahat berishadi: milliy valyuta, chet el valyutasi, oltin va bank omonatlari.
Jahon banki va xalqaro moliya institutlari ham rivojlanayotgan mamlakatlarda diversifikatsiyani «moliyaviy xavflardan himoya» deb ataydi. Chunki iqtisodiy barqarorlik hali to‘liq kafolatlanmagan sharoitlarda to‘satdan inflyatsiya, valyuta tebranishlari yoki moliyaviy tizimdagi texnik nosozliklar tez-tez uchrab turishi mumkin.
Bugun Uzcarddagi nosozlik oddiygina texnik muammo bo‘lishi mumkin, ammo u bitta muhim saboqni eslatdi: diversifikatsiya – moliyaviy xavfsizlikning eng samarali usuli. Jamg‘armalarni turli valyuta, aktiv va hisoblarda taqsimlab saqlash orqali odam o‘zini noxush asraydi va har qanday vaziyatda xotirjam bo‘lishi mumkin.
Mehrinoza Farmonova tayyorladi.





