add

UzCard va Humo: kimning tariflari arzon?

24.06.2025 | 19:0049186

Milliy banklararo protsessing markazi (Humo to‘lov tizimi) 7 mart va 21 mayda yangilangan tariflarni e’lon qilgan edi. «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ (UzCard) ham 1 iyuldan kuchga kiruvchi tariflarni e’lon qildi. Ayni paytda 1 aprelda yangilangan tariflar amal qilmoqda. Xo‘sh, bu ikki xizmatning qay birida tariflar arzon? Vaqt.uz ularni taqqoslab chiqdi.

UzCard va Humo: kimning tariflari arzon?
Shunisini alohida qayd etish kerakki, har ikkala to‘lov tizimidagi narxlari oshishi mijozlarga ta’sir qilmaydi. Mazkur tariflar banklar, to‘lov tashkilotlari va fintex kompaniyalari uchun amal qiladi. Biroq, tariflar qimmatlashi sohadagi mahsulotlar narxining oshishiga olib kelishi mumkin.   Xo‘sh, qaysi tizim arzonroq? Biz har ikkala to‘lov tizimda mavjud xizmatlar va tariflarni solishtirdik. Uzcard humo2 Avvalroq, HUMO to‘lov tizimi tariflari yangilanganda ijtimoiy tarmoqlarda narxlar keskin oshirilgani tanqid ostiga olingan edi. Biroq, UZCARDning yangilangan tariflari bilan solishtirilganda HUMO tariflari birmuncha qulayroq ekani ma’lum bo‘ldi. Xususan, kreditlar va avtoto‘lovlar uchun HUMO 0,1 foiz komissiya oladi, UZCARD esa 0,25 foiz.   Karta tarixi bo‘yicha ma’lumotlar:
  • UZCARD — 1–60 kun ichidagi ma’lumot BHMning 0,3 foizi, 61-kundan 365-kungacha 1,5 foizi;
  • HUMO — 90 kungacha tekin, 90 kundan ko‘prog‘iga 1000 so‘m.
Terminallar orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar, bankomatlar orqali to‘lovlar ham UZCARD tizimida 2 barobar qimmatroq. Uzcard humo3 Tariflarning shaffofligi va soddalashtirilgani bo‘yicha ham HUMO to‘lov tizimida afzalliklar mavjud. Jumladan, UZCARD’ning ko‘plab xizmatlari BHM miqdori bilan ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, UZCARD ko‘plab xizmatlarini individual shartnoma asosidagi narxlarda ko‘rsatishini qayd etgan. Bu xizmatlarni moslashtirish (customization) jihatdan qulaylik yaratsa-da, shaffoflikni kamaytiradi. Ikkala to‘lov tizimidagi narxlari oshishi mijozlarga ta’sir qilmaydi. Mazkur tariflar banklar, to‘lov tashkilotlari va fintex kompaniyalari uchun amal qiladi. Biroq, tariflar qimmatlashi sohadagi mahsulotlar narxining oshishiga olib kelishi mumkin.   Qay biri qulayroq? To‘lov tizimining qulayligi nafaqat komissiya foizlarida, balki u taqdim etayotgan xizmatlar soni va sifati bilan ham belgilanadi. Bu borada UZCARD va HUMO xizmatlarida yetarlicha farqlar mavjud. UZCARD o‘zining moslashtirilgan tariflariga egaligi uchun har bir bank bilan alohida shartnoma asosida xizmat narxlari belgilanadi. Shu orqali katta hajmli va murakkab operatsiyalar uchun moslashuvchan narxlash imkoni ham mavjud. Bu esa katta tashkilotlar uchun individual komissiya stavkalari va imtiyozlar bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Tabiiyki, komissiya va tarif narxlari qimmatroq bo‘ladi. HUMO esa ko‘proq standartlashtirilgan va shaffof tariflar tizimini taklif qiladi. Bunday tizim avvaldan prognoz qilish imkonini yaratadi. Shuningdek, HUMO to‘lov tizimida xalqaro kartalar bilan integratsiya qilish nisbatan arzonroqqa tushishi mumkin. Xizmatlardagi farqlar kompaniyalarning moliyaviy natijalarida ham aks etgan. HUMO to‘lov tizimi 2024 yilda 168,3 mlrd so‘m sof foyda olgan bo‘lsa, UZCARD to‘lov tizimining sof foyda ko‘rsatkichi 955,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

UzCard va Humo: kimning tariflari arzon? | Vaqt.uz