add

UzNEX birjasida $TRUMP memkoyni savdoga chiqarildi

23.05.2025 | 16:3028032

22 may kuni O‘zbekistondagi UzNEX kriptovalyuta birjasida AQSH prezidenti nomiga atalgan Official Trump ($TRUMP) tokeni savdosi boshlandi. Bu haqda birja rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.

UzNEX birjasida $TRUMP memkoyni savdoga chiqarildi
$TRUMP tokeni Kobea Group kompaniyasiga tegishli bo‘lib, UzNEX birjasida 22 may kuni soat 11:00 dan boshlab depozitlar qabul qilinishi boshlangan va soat 13:00 dan token bilan savdo qilish hamda mablag‘larni yechib olish imkoni yaratilgan. Ayni paytda tokenning narxi 187–189 ming so‘m (taxminan $14,6) atrofida savdolanmoqda. Token memecoin toifasiga kiradi — ya’ni u real aktivlar yoki biznes loyihalar bilan bog‘lanmagan, balki ko‘proq internet memlari va mashhur shaxslar obraziga asoslangan token hisoblanadi. Shu munosabat bilan UzNEX birjasi investorlarni ehtiyotkorlikka chaqirmoqda. Birjaning rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, kripto-aktivlar bilan savdo qilishda moliyaviy xatarlar mavjud bo‘lib, kapital yo‘qotilishi mumkin. Shu sababli, barcha tavakkalchilik va javobgarlik faqat investorning zimmasida qoladi. Shuningdek, tokenning birjada ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning barqarorligi yoki foyda keltirishi kafolati emasligi ham alohida urg‘u bilan qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid