add

«UzTest»da yirik o‘g‘irlik: Germaniyadan kelgan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi, milliardlar isrof bo‘ldi

08.07.2025 | 20:1210802

«O‘zTest» Buxoro filialida Germaniyadan olib kelingan laboratoriya uskunalaridan biri yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, milliardlab so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflab yuborilgani aniqlangan.

«UzTest»da yirik o‘g‘irlik: Germaniyadan kelgan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi, milliardlar isrof bo‘ldi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tasarrufidagi «O‘zTest» — «O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasida katta miqyosda o‘g‘irlik sodir etilgani ma’lum qilindi. Ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, markazning Buxoro viloyatidagi hududiy filialida 1 tonna 200 kilogramm og‘irlikdagi va taxminan 150 million so‘mlik «Tormoznoy stend» sinov uskunasi hamda 250 million so‘mlik gaz ballonlarini o‘lchash vositasi o‘g‘irlangan. Shu bilan birga, muassasada 6 milliard so‘mga yaqin mablag‘ maqsadsiz ishlatilgani ham fosh etilgan. Ammo bu haqda muassasa yoki agentlik rahbariyati hozircha rasmiy munosabat bildirmagan.

Teglar

Mavzuga oid