
Vafot etgan migrantlarning jasadini olib kelish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi
Kecha 20:541 daqiqa
Endi xorijda mehnat qilgan davrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Mehnat migratsiyasida vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadini Vatanga olib kelish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Bu haqdagi qo‘shimcha norma 7-fevral kuni «Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida»gi qonunga kiritildi.
Qonunga ko‘ra, mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadini olib kelishni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar endi Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Mablag‘lar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi orqali qonunchilikda belgilangan tartibda ajratiladi.





